• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    16 yoshida turmushga chiqqan hamda mashhurlikka erishgan: “Bobbi” filmi yulduzi Dimpl Kapadiya hozir qayerda? (foto)

    Bollivudning mashhur melodramasi “Bobbi” 1975-yilda namoyish etilgan va Sovet Ittifoqi prokatida chiqqanidan so‘ng 62 millionga yaqin  kishi tomosha qilgan. Bu sovet tomoshabinlari ko‘rgan birinchi hind filmi edi. Shuning uchun ham u xuddi birinchi muhabbat kabi tomoshabinlar qalbidan alohida joy olgan. Dimpl Kapadiya millionlab odamlarning qalbini zabt etdi — lekin uning ham qalbini zabt etgan bormi? “Bobbi” yulduzi Dimpl Kapadiyaning karyerasi, farzandlari va shaxsiy hayoti haqdagi savollarga “Noviy ochag” nashri javob berdi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Otasining qizdan yuz o‘girishi

    “Bobbi” yulduziga aylangan Dimpl Kapadiyani ko‘proq o‘zining emas, balki qahramonining ismi bilan eslashadi. Aktrisa 1957-yil 8-iyunda Bombeyda tadbirkor Chunibxai Kapadiya va uning rafiqasi Bitti oilasida tug‘ilgan. Chunibxai badavlat, konservativ ismoiliylar oilasidan bo‘lib, keyinchalik qizi “Bobbi” filmida rol o‘ynagani uchun undan yuz o‘girgan. Bo‘lajak aktrisaga go‘daklik davrida Dimple Amina deb ism berishgan, ammo bundan ko‘pchilik deyarli bexabar.

    Foto: “indianexpress.com”

    Foto: “indianexpress.com”

    Dimpl 1973-yilda “Bobbi” filmida rol ijro etganida juda yosh, atigi 16 yoshda edi. Dimplning partnyorini esa taniqli rejissor Raj Kapurning o‘g‘li Rishi Kapur ijro etgan.

    Budjeti kam, ammo prokati rekord

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Taqdir taqazosi bilan rejissor Raj Kapurning avvalgi “Mening ismim masxaraboz” filmi kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shuning uchun “Bobbi” juda kam mablag‘ evaziga suratga olinishi kerak edi. Mashhur hind aktyori Pran bu filmda atigi 1 rupiyga suratga tushishga rozi bo‘ldi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub ikki o‘smirning sevgisi haqidagi bu kam budjetli loyiha nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda katta qiziqish bilan tomosha qilingan. “Bobbi” melodramasini Sovet Ittifoqida 62,6 million nafar inson tomosha qilgan, shundan so‘ng u sovet kino prokati tarixida eng ko‘p tashrif buyurilgan oltinchi xorijiy filmga aylangan. Dimpl Kapadiya esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan.

    Bobbining xol-xol liboslari

    Foto: “indianexpress.com”

    Foto: “indianexpress.com”

    Bobbi rolini o‘ynagan yosh aktrisa bir zumda mashhur shaxs bo‘lib uyg‘ondi. Uning filmdagi liboslari Hindistondagi yoshlar modasining timsoliga aylantirdi. Keyinchalik, xol-xol liboslar “Bobby print” deb nomlandi.

    16 yoshida turmushga chiqdi va kinoni tark etdi

    Odatda kino olamiga endigina kirib kelgan aktrisalar o‘z karyerasini qurish uchun qat’iy harakat qiladi. Ammo Kapadiya hammani hayratda qoldirdi. 1973-yilda standartlarga ko‘ra hali o‘spirin sanalgan qiz mashhur hind kino aktyori — 30 yoshli Rajesh Xannaga turmushga chiqdi. Bobbi hayotda o‘zining ekrandagi qahramonidan ancha farq qilar edi. U Xannaning muxlisi edi va sevgisi uchun hamma narsaga rozi bo‘ldi. Shundan keyin aktrisa eriga itoat qilgan holda kinodagi karyerasini yakunladi. Ular ikki qiz farzand ko‘rdi: Tvinkl va Rink — Dimplning qizlari ham keyinchalik kino sohasini tanladi.

    Foto: Times India

    Foto: Times India

    Turmush o‘rtog‘i va o‘zi orasidagi tengsizlik hamda vafosizlik

    Juftlikning oilasida tinchlik hukm surmadi. Keyinroq aktrisa o‘z intervyusida “Bizning uyimizdagi hayot va baxt Rajesh bilan turmush qurgan kuniyoq nihoyasiga yetdi”, — deb aytib o‘tgan. Turmush o‘rtog‘i bilan yosh orasidagi tengsizlikka chidashiga majbur bo‘lgani yetmaganidek, aktrisa uning xiyonatidan ham noligan. 9 yildan so‘ng, 1982-yilda Kapadiya Xanna bilan ajrashdi va qizlari bilan ota-onasining uyiga qaytib keldi. Oradan ikki yil o‘tgach, u yana suratga olish maydonchasida ijodni boshladi.

    Foto: Times India

    Foto: Times India

    Ammo ular rasman ajrashmagan

    Qizig‘i shundaki, Xanna va Kapadiya rasmiy ravishda ajrashmagan. Ular bir-biri bilan til topisha olmagan bo‘lsa-da, yana qayta yarashdi va juftlikni ziyofatlarda birga ko‘rishdi. Ajrimdan ko‘p yillar o‘tgach, aktrisadan yana turmush qurishni xohlaysizmi, deb so‘rashganda Kapadiya shunday javob berdi: “Men juda ham baxtliman va hayotimdan mamnunman. Turmush qurishga kelsak, bir martasi yetadi”.

    Foto: Bollywoodshaadis

    Foto: Bollywoodshaadis
    2012-yil boshida Xanna saraton kasalligiga chalinganida, Kapadiya uning yonida bo‘ldi va o‘sha yilning 18-iyulida vafot etgunga qadar sobiq erini parvarishladi. Keyinchalik u Xannaning o‘limi uni vayron qilganini yashirib o‘tirmadi.

    Ekranlarga qaytish

    Dimplning kinoga qaytishi juda muvaffaqiyatli tarzda kechdi. 1984-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan o‘n yil davomida u hind tilida so‘zlovchi yetakchi aktrisalardan biri bo‘lgan. 1985-yilda u o‘zining Bobbidagi partnyori Rishi Kapur bilan “Muhabbat dengizi” romantik dramasida rol o‘ynadi. Ushbu film uchun aktrisa ikkinchi marta Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Shundan so‘ng Bollivud filmlaridan rollar uning ustiga yog‘ildi. Bundan tashqari, agar ilgari rejissorlarni yosh qizning go‘zalligi o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa, endi ular katta yoshli aktrisada ajoyib dramatik iste’dodni ko‘rishdi. Kapadiya tez oradan qayta tiklagan karyerasini turli-tuman obrazlar bilan boyitdi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    O‘tgan yillar davomida aktrisa 52 ta filmda suratga tushdi. Ular orasida ham tijoriy, ham xususiy kinolar bor edi. Shuningdek, ularning hammasi ham Bollivud filmlari emasdi. Shunday qilib, Dimpl 1991-yilda rejissorlar Gennadiy Vasilyev va Shashi Kapur tomonidan suratga olingan “Qora shahzoda Ajuba” sovet-hind ilmiy fantastika filmida rol o‘ynadi. 2020-yilda rejissor Kristofer Nolanning ishtirokidagi “Dalil” shov-shuvli filmi namoyish etildi.

    “U har bir sahnani o‘g‘irlaydi”

    “Dalil” filmida Kapadiya qurol sotuvchi Priya rolini o‘ynadi. Kristofer Nolan aktrisa bilan kasting natijalaridan shunchalik hayratda qolganki, u o‘ylab ham o‘tirmasdan uni filmidagi intrigaga boy rollardan biriga oldi. “Dalil” butun dunyo bo‘ylab 362 million dollar yig‘ib, 2020-yilning eng ko‘p daromad keltirgan to‘rtinchi filmiga aylandi. Tanqidchilar Kapadiyaning ijrosini maqtadi, ulardan biri hattoki Dimpl haqida “o‘zi ishtirokidagi har bir sahnani sezdirmasdan o‘g‘irlaydi” deb aytgan, tomoshabin e’tiborini o‘ziga jalb qila olishini nazarda tutib. Aktrisa ham o‘zining kinoga bo‘lgan ishtiyoqini qaytargan aynan “Dalil” filmi ekanini ta’kidlaydi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    O‘tmishdagi Bobbi

    Dimpl uni doimiy ravishda Bobbining qiyofasi bilan solishtirishlaridan bezovtalanar edi. Kapadiyaning so‘zlariga ko‘ra, uni ko‘pincha o‘ta qat’iy va g‘amginlikda ayblashadi. Biroq u har doim o‘z kamchiliklarini yaxshilashga intiladi: “Men tabiatan g‘amginman. Lekin hech qachon bila turib hech kimni xafa qilmaganman”.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Dimplning san’atni yaxshi ko‘rishi, rasm va haykaltaroshlik bilan tajriba o‘tkazishi ko‘pchilikka ma’lum. 1998-yilda u o‘z dizayni bo‘yicha sham ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soldi, u sham bilan ijod qiluvchi rassom bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Uelsga bordi. Kapadiya o‘z uyini va u bilan bog‘liq hamma narsani yaxshi ko‘radi, bo‘sh vaqtlarida u shunchaki dam olishni yoki kitob o‘qishni yoqtiradi.

    Mavzuga doir: Super yulduz Rajesh Kxanna va Dimpl Kapadiya qizlarining muvaffaqiyatsiz karyerasi (foto)

    31.05.2022, 15:02   Izoh (0)   33886
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zolim Istanbul” turk seriali yulduzlari 2022-yilda qanday loyihalarda suratga tushmoqda? (foto)

    31.05.2022, 13:41

    Instagram: Yoshlarga tanbeh bergan Munisa Rizayeva, qo‘shiq kuylashda davom etadigan Dildora Niyozova, Maryam Tillayevaga turmush o‘rtog‘ining syurprizi

    30.05.2022, 22:35

    50 dan oshganda ham qanday qilib 30 yashar ko‘rinish mumkin? Gollivud yulduzi Jennifer Lopesning go’zallik sirlari (foto)

    30.05.2022, 13:50

    75-Kann kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi

    30.05.2022, 09:35

    Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Sitora Farmonova, Otabek Mutalxo‘jayevning otasiga qimmatbaho sovg‘asi, kinoga qaytayotgan Zarina Nizomiddinova

    29.05.2022, 22:51

    Taniqli xonanda Shakira qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

    29.05.2022, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.