Osiyo o‘yinlarining futbol dasturida C guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi taqvimida o‘zgarishlar yuz berdi.
Dastlabki qur’a natijalariga ko‘ra, ushbu kvartetdan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Gongkong terma jamoalari o‘rin olgandi. Ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.
Vaziyatdan chiqish maqsadida O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi bu holat bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma’lum qilingan.
Shu bois, endi O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g‘olibini aniqlab oladi. Yangi taqvim bo‘yicha o‘yinlar 22 va 25-sentyabr sanalariga belgilandi
Izoh (0)