• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Ba’zi sevgi hikoyalari hech qachon yakunlanmaydi”. Hind kinematografiyasining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri — “O‘g‘irlanmagan kelin” haqida

    Rejissor Aditya Chopraning debyut ishi — “O‘g‘irlanmagan kelin” suratga olinganiga 28 yil bo‘lganiga qaramay, hamon sevib tomosha qilinayotgan ijod namunalari sirasiga kiradi.



    Butun dunyoda mashhurlikka erishgan mazkur film Filmfare Awards’ning 41-taqdirlash marosimida 14 nominatsiya va 10 mukofotni qo‘lga kiritgan. Barcha uchun sevimli bo‘lgan film qanday suratga olingani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Foto: Bolliwoodtime

    Rejissor avvaliga kartinani ingliz filmi sifatida, bosh qahramonlarni Tom Kruz va Kajol ijrosida tasavvur qilgan. G‘oya bilan bo‘lishganida otasi amerikalik aktyorlarsiz hind filmi qilib, suratga olsa, yaxshi bo‘lishini tavsiya qilgan. Nasrin Kabirning Adityaning filmiga bag‘ishlangan kitobida rejissor Raj va Simranni hamma tomoshabin ularga o‘xshashni istaydigan sevishganlardek qilib ko‘rsatishni, yigitlar Simrandek qizni, qizlar esa Rajdek yigitni uchratishni orzu qilishini xohlaganini bildirgan.

    Foto: Yash Raj Films

    Yosh ijodiy jamoa

    Rejissor jamoasida Amrish Puri, Farida Jalal, Anupam Kxerni aytmaganda, asosan yosh aktyorlar bo‘lgan. 23 yashar aktyorga uning ukasi Uday, shuningdek, Karan Johar, Samir Sharmalar yordam bergan. Sahnalashtiruvchi rassom Sharmita Roy uchun “O‘g‘irlanmagan kelin” atigi uchinchi loyiha bo‘lgan.  Anaita Shroff Adajaniya Simranning dugonasi rolini o‘ynagan. Keyinchalik u Vogue India jurnalining bosh rahbari bo‘lib, Dipika Padukone va boshqa mashhur aktrisalar uchun o‘ziga xos uslub yaratgan.

    Foto: Yandex

    Kasting

    Rejissor Raj rolini avvaliga Saif Ali Xonga bermoqchi bo‘lgan. U boshqa bir esda qolarli sevgi hikoyasining ishtirokchisi bo‘lishga ulgurgan aktyorga rol berishni istamagan. Bu vaqtda Amir Xon va Salmon Xonlar allaqachon bunday hikoyalarning ishtirokchisiga aylanib ulgurgan bo‘lgan. Rejissor muxlislar Rajni romantik ijroda ko‘rinishi kutilmagan aktyor gavdalantirishini istagan. Bu vaqtda Shoxruh Xon filmografiyasida “yomon yigit” rollari bo‘lgan va Aditya uni boshqacha obrazda ommaga ko‘rsatib, hayron qoldirishi mumkinligini bilgan.

    Foto: Yandex

    Amrish Puri Simranning otasi roliga taklif qilingani ham filmning muvaffaqiyatini ta’minlagan. Muxlislar tasavvurida asosan salbiy qahramon roli bilan esda qolgan aktyorning qiziga “Jee le apni zindagi” qanday xohlasang, shunday yasha, deb aytgan so‘zlari ham u haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan.

    Rajning otasi Anupam Kxer, Simranning singlisi Pudja Ruparel, onasi rolini o‘ynagan Farida Jalal va boshqa ijodkorlar esa filmning yanada muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shgan.

    Foto: Yandex

    Eski hikoyani yangicha so‘zlab berish usuli

    Rejissorning mazkur filmdagi yutug‘i urf-odatlar va zamonaviylik orasidagi balansni topa olgan hamda buni filmda mujassam eta olgani hisoblanadi. Uning debyut loyihasidan keyin minglab hind turistlari bosh qahramonlardan o‘rnak olgan holda Yevropa bo‘ylab sayohat qilgan.

    Foto: Instagram

    Film ssenariysi va dialoglarni ham rejissorning o‘zi yozgan, unga oilaviy do‘sti Javed Siddiqi yordam bergan. Filmdagi mashhur ibora “Katta davlatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi” hamda Rajning Simranni “senyorita” deb atash fikri ham Javedga tegishli.

    Hali hamon sevib tinglanadigan qo‘shiqlar



    Mazkur filmdagi musiqalar aka-uka musiqachilar Jatin va Lalit tomonidan yozilgan. Filmning muvaffaqiyati ularning ham musiqiy karyera borasida omadi chopishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, “Tujhe Dekha Toh Yeh Jana Sanam” qo‘shig‘i loyihaning mashhurlikka erishishida muhim rol o‘ynagan.



    “Avvallari odamlar men va akamni ishini yaxshi biladigan oddiy odam deb o‘ylagan, ammo bizni jiddiy qabul qilmagan. “O‘g‘irlanmagan kelin” taqdim qilinganidan keyin hammasi o‘zgargan. Ko‘p yillardan keyin ham bizning qo‘shiqlarimiz qadrlanayotganiga guvoh bo‘lib, bu hayotga bekorga kelmaganimga amin bo‘laman”, — degan Jatin.

    Aditya filmni suratga olish uchun mukammal tayyorlangan: ssenariy, suratga olinadigan joylar, kasting, dialog, musiqa va boshqa har bir mayda detal e’tibordan chetda qolmagan. U nima xohlayotganini aniq bilgan. Qo‘shiqlar muallifi Anand Bakshi film xuddi Aditya aytganidek suratga olinsa, kinoprokatdan tushmasligini aytgan va shunday ham bo‘lgan.

    Foto: Amazon Prime

    25 yil prokatda 

    Mumbayning Maratha Mandir kinoteatrida 2020-yilning martiga qadar namoyish qilingan film pandemiya sabab barcha kinoteatrlar yopilmaganida, hali ham namoyish qilinayotgan bo‘lardi.

    Maratha Mandir kinoteatri boshqaruvchisi bundan bir necha yil avval film kinoprokatdan olinmoqchi bo‘lganida 40-50 nafar muxlis g‘azablanib, uni ekrandan olmaslikni talab qilganini, oqibatda intervyu berib, film muxlislar tashrif buyurar ekan, namoyishdan to‘xtamasligiga va’da berishiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlaydi.



    Uning qo‘shimcha qilishicha, oddiy kunlarda “O‘g‘irlanmagan kelin”ni ko‘rish uchun zalda 45 foiz, bayram kunlari 70 foiz tomoshabin bo‘ladi. Filmning chipta narxi esa bir necha yildan beri o‘zgartirilmaydi. Kinozal yonida vokzal joylashgan va tashrif buyurgan tomoshabinlarning yarmi avtobus yoki poyezdda safarga chiqishdan avval filmni ko‘rib ketadi. Seanslar asosan ertalab va kunduzi bo‘ladi, aksari poyezd va avtobuslar esa kechasi yo‘lga chiqadi.

    12.09.2023, 14:45   Izoh (0)   25880
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinotavsiya: Bollivud yulduzi Kajol ishtirokidagi eng yaxshi o‘tkir sujetli filmlar (video)

    07.07.2023, 13:00

    Shohruh Xon Anjelina Jolining muxlisi, Leonardo Di Kaprio Karina Kapurning kumiri. Bollivud yulduzlarining sevimli aktyorlari

    07.09.2023, 15:59

    “Buratinoning sarguzashtlari” filmidagi bosh rol ijrochisi — Dmitriy Iosifov hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12.09.2023, 09:15

    Jeki Chan ijodga qaytdi: sevimli aktyor ishtirokidagi 2 ta yangi film tahlili

    11.09.2023, 12:55

    “Garri Potter” 18-o‘rinda: Jahon tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan 20 ta film

    11.09.2023, 11:02

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.