“O‘zfarmsanoat” konserni tugatilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7-noyabr kuni imzolangan farmonda belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: “O‘zfarmsanoat” tarkibidagi korxonalarning 19 foizi faoliyat yuritmayapti
Shu bilan birga, Agentlik dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashni, farmatsevtika korxonalarini tegishli ishlab chiqarish amaliyoti xalqaro qoidalarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi. Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi, O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti agentlik tasarrufiga o‘tkazilgan.Mavzuga doir: O‘zbekiston korxonalari farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniga ega emasligi ma’lum qilindi








