• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Bir paytlar Manchester shahri jahon paxta ishlab chiqarish markaziga aylangan, biroq qul savdosi sanoatning o‘sishini ta’minlagan. Bahsli o‘tmish hozirda “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” logotiplari bilan bog‘liq holda esga olinadi: aprel oyida The Guardian nashri muallif Saymon Hettenstoun logotipni tahrirlash lozimligi haqidagi maqolasini e’lon qildi. Ularda qullar paxta olib ketayotgan yelkanli qayiqlar tasvirlangan.

    Kollaj: The Guardian

    Manchester paxtadan tayyorlangan kiyimlar ishlab chiqarish orqali boyib ketgan. Fabrika “bum”i — uchburchak savdoning natijasidir

    1700-yilda Manchester 9 ming kishidan iborat kichik bir hunarmandlik punkti edi, ammo asr oxiriga kelib, u yerda 10 baravar ko‘p odam yashagan. Bu vaqt ichida shahar Angliyaning eng muhim sanoat markazlaridan biriga aylandi. Hatto, o‘rta asrlarda ham Manchesterda jun mahsulotlari ishlab chiqarilgan, ammo o‘shanda hajm kichikroq edi. Asta-sekin assortiment zig‘ir va paxta hisobiga kengayib bordi va bu dehqonlar pul ishlash uchun kelishi oqibatida aholi soni ham ko‘payib bordi. 

    Dastlabki yirik korxonalar tegirmon prinsipi bo‘yicha ishlagan va suv energiyasidan foydalangan. Ammo shunga qaramasdan, ishlab chiqarish shunchalik katta ediki, 1729-yilda paxta birjasi ochilgan. 1781-yilda texnologiyalar yaxshilangan: tadbirkor va ixtirochi Richard Arkrayt bug‘ dvigatelli fabrikani ishga tushirgan. Shunday qilib, sanoat inqilobi Manchesterni Britaniyaning eng muhim shaharlaridan biriga aylantirdi. Endi uni Kottonopolis (inglizcha cotton — “paxta”) deb atay boshlashdi, u yerda XIX asrning o‘rtalarida yuzdan ortiq to‘qimachilik fabrikalari bor edi. Dunyo bo‘ylab terilgan paxtaning uchdan bir qismi Manchesterda qayta ishlanardi. 

    Manchester. 1850-yil
    Foto: The Guardian

    Sanoat inqilobi millionlab odamlarning hayotini osonlashtirdi, shu bilan birga qul mehnatiga talabni ham oshirdi. Paxta Amerika va Hindistonda yetishtirilardi. Osiyoda ishchi kuchi tanqisligi bo‘lmasa-da, Antlantika okeanining g‘arbiy qismida hosilni yig‘ish uchun hech kim yo‘q edi. Keyin esa uchburchak transatlantik savdo deb ataladigan narsa faollashtirildi: qullar Afrikada sotib olinadi (odatda, mahalliy hukmdorlar qo‘shni xalqlarning qo‘lga olingan jangchilarini sotardi) va Amerikaga olib ketiladi. So‘ngra plantatsiyalarda to‘plangan xomashyo kemalarga yuklanib, Yevropaga jo‘natilgan. U yerda qayta ishlanib, tayyor mahsulot Afrikaga ham sotilgan. Ushbu tizim bo‘yicha ko‘pchilik G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiyoti rivojlangan. 

    Foto: The Guardian

    Paxta Yevropaga ommaviy ravishda yetkazilgan yagona mahsulot emasdi. Qahva Braziliyadan, shakar esa Karib orollaridan keltiriladi. Shu tariqa qul mehnati ko‘mir bilan birga XIX asrning sanoatlashtirish uchun eng muhim yoqilg‘isiga aylangan. 

    Britaniyada o‘sha paytda ham qul savdosiga qarshi chiqilardi. Kurashning eng mashhur namunasi — 1807-yildagi petitsiyadir. Uni Manchesterning 10 ming aholisi, shaharning o‘ndan bir qismi, imzolagan. Natijada parlament Buyuk Britaniyaning o‘zida majburiy mehnatni va AQSHga qullarni olib kirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. To‘g‘ri, undan keyin ham AQSHdan paxta sotib olishga ruxsat berilgandi. Bundan tashqari, Vest-Indiya ingliz koloniyalarining aksariyati 1830-yillargacha qullikni bekor qilmagan. 

    Garchi shahar dengiz atrofida joylashmagan bo‘lsa-da, Manchesterning ikkala klubi ham logotipiga kemalar siluetini qo‘ygan. End yelkanli kemalarni asalarilar bilan almashtirish taklif qilinmoqda

    Kemalar 1842-yilgi Manchester bilan assotsiatsiya qilinadi, o‘shanda shaharda ilk bor gerb paydo bo‘lgan. Unda qalqon va uning yuqori qismida yelkanli kema tasvirlangan. Manchesterda yuk tashish ishlari oddiy bo‘lmagan. Shahar qirg‘oqdan uzoqda — Mersi daryosidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zavodlarni dengiz bilan bog‘lash uchun XVIII asrda Brijuoter kanali qazilgan, biroq u orqali faqat otli barjalar (yuk kemasi) o‘tishi mumkin edi. 1830-yilda Liverpul — Manchester temir yo‘li ochilgan va faqat XIX asrning oxiriga kelib Kottonopolisga yirik savdo kemasida borish mumkin edi. 1894-yilda Manchester kanali ochildi, shu sababdan bugungi kunda shaharni dengiz shahri deyish mumkin. 

    Foto: The Guardian

    Logotip va gerbdagi kemalar uzoq vaqt hech kimni bezovta qilmagan. Yaqindan esa mavzu og‘riqli bo‘la boshladi, 2023-yil aprel oyida The Guardian gazetasida “Kemani tark eting. Qullik ramzi Manchester va shahar futbol klublarini sharmanda qiladimi?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Taniqli jurnalist Saymon Hettenstoun ramz haqida dalillarga asoslangan matn yozgan — u katta sarmoya kiritilishidan oldin ham “Siti”ni qo‘llab-quvvatlagan. 

    Saymonning kemalar haqidagi maqolasiga aynan The Guardian gazetasida “Paxta poytaxti” nomi qator maqolalar seriyasi sabab bo‘lgan. Angliyadagi eng mashhur gazetalardan biri ham qul mehnati tufayli paydo bo‘lgan. Gazetaga XVIII asrda Manchester to‘qimachilik sohasida boylik orttirgan tadbirkor Jon Edvard Teylor tomonidan asos solingan. Dastlab 11 investordan 9 nafari o‘zlari plantator bo‘lgan yoki uchburchak savdo bilan shug‘ullangan. 

    Saymon o‘z ishini hozirgi deputatlardan tortib otasi Manchesterdagi to‘qimachilik fabrikasiga ega bo‘lgan Fridrix Engelsgacha bo‘lgan odamlarning so‘zlari bilan tasdiqlaydi. Muqobil variant sifatida Hattenstoun yangi ramz — arini taklif etdi. Bu shahar aholisining mehnatsevarligini o‘zida mujassam etgan va uzoq tarixga ega. Yer shariga yopishgan arilar Manchesterning birinchi gerbini bezatgan. Agar Saymonning taklifi qo‘llab-quvvatlansa, mahalliy futbol klublarining logotiplarida ham ari ramzi paydo bo‘lishi mumkin. 

    Foto: The Guardian

    “Real” allaqachon logotipdagi elementdan voz kechishga majbur bo‘lgan. Logotipning Yaqin Sharq versiyasidan xoch yo‘qolgan

    “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasi yarim finalidagi raqibi logotipida ham “noaniq” belgilarni uchratish mumkin. “Real” 1920-yilda qirollik klubiga aylangan, bu unvon klubga Ispaniya qiroli Alfonso XIII tomonidan berilgan. O‘shanda jamoa logotipida toj paydo bo‘lgan.

    Kollaj: The Guardian

    Bu vaqtga kelib mahalliy futbolda an’ana allaqachon shakllangan edi. Masalan, San-Sebastyan klubi monarxning iltifotiga sazovor bo‘lgandi — u yerda qirolning yozgi qarorgohi joylashgandi. 

    1910-yilda mahalliy jamoa “Real Sosyedad” nomini oldi va ayni vaqtda ular gerbiga hukumat ramzini joylashtirdi. Toj yana “Selta”, “Valyadolid”, “Betis”, “Espanyol” va “Malyorka” kabi jamoalar logotiplaridan ham joy oldi. To‘g‘ri, o‘tgan asrning 30-yillarida qisqa Respublika davrida ular bunday yuksak mavqeyini vaqtincha yo‘qotgan. 

    Rasm haqiqiy tojdan ko‘chirilgani uchun jamoalarning barcha logotiplarida xoch tasvirlangan. Lekin “Real” qirollik oilasining eng global klubi sifatida moslashishga majbur bo‘lgan. 2014-yilda Madrid klubi Abu-Dabi milliy banki bilan shartnoma imzoladi. Sinchkov muxlislar taqdimot paytida xristian timsoli logotipdan g‘oyib bo‘lganini payqagan. Oradan uch yil o‘tib, logotip arab mamlakatlari aholisi uchun mo‘ljallangan barcha tovarlar uchun o‘zgartirildi. Shundan buyon BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, Ummon va Bahraynda futbolkalarning maxsus, xochsiz varianti sotiladi. 

    02.07.2023, 22:51   Izoh (0)   10828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Neftchi” o‘zida “Nasaf”ni so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etdi, “Olimpik” va “Surxon” o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi 

    02.07.2023, 22:09

    Erling Holand, Lionel Messi va Kilian Mbappe. Marca nashriga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futbolchilari 

    02.07.2023, 19:40

    Lionel Messi yetakchi, Benzema — 6, Gundo‘g‘an o‘ninchi o‘rinda. Erkin agent sifatida klubini almashtirgan eng qimmat futbolchilar

    02.07.2023, 12:35

    Andres Inyesta 5 yillik faoliyatdan so‘ng “Vissel Kobe”ni tark etdi

    02.07.2023, 08:23

    Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi debyut jangida yengilmas raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

    02.07.2023, 04:43

    Bahodir Jalolov dunyoning yetakchi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi 

    01.07.2023, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.