So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Pul

    Eng yirik IPO’lar: omadli va omadsiz kechgan aksiya sotuvlari tarixi

    6 sentabr, 20:25 6074

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda moliyaga oid yangiliklarda IPO atamasi bot-bot takrorlanmoqda. IPO o‘zi nima uchun kerak degan savol tug‘iladi. Birjalarga aksiyalarni joylashtirish orqali kompaniyalar xususiy sarmoyadorlardan-da ko‘proq mablag‘larni jalb qilishi mumkin. Shu bilan birga, IPO o‘z o‘zidan katta voqea, u o‘ziga OAV va ular orqali omma eʼtiborini tortadi. Bu esa anʼanaviy marketing mexanizmlari yoki piar orqali amalga oshiriladigan usullardan ham samaralidir. O‘zbekiston uchun bu nega kerak deysizmi? Albatta birinchi navbatda IPO kompaniyalarning ochiqligini taʼminlaydi. Bugungi kunda hukumat tomonidan bir qator davlat kompaniyalarini Xalq IPO’lari orqali xususiylashtirish ustida ishlar olib borilmoqda

    IPO (Initial Public Offering — Kompaniya aksiyalarini fond birjasida birlamchi joylashtirish) amaliyotining paydo bo‘lish tarixi haqida gapirganda, jahondagi eng yirik IPO’lar va eng ahamiyatli muvaffaqiyatsizliklarga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Quyida shunday IPO’lar ro‘yxati keltiriladi.

    Kompaniya: Alibaba Holdings Group

    Birjadagi listing (birja kotirovka varag‘i): NYSE: BABA

    IPO sanasi: 2014-yil 18-sentabr

    Mamlakat: Xitoy

    Alibaba — diversifikatsiyalangan onlayn elektron tijorat kompaniyasi. Xitoyda joylashgan kompaniya IPO’da 21,8 milliard dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. IPO’dan to‘rt kun o‘tib anderrayterlar yanada ko‘proq aksiyalarni sotdi, natijada jalb qilingan mablag‘lar hajmi 25 milliard dollargacha oshdi.

    Kompaniya: TheGlobe.com

    Birjadagi listing: OTCQB: TGLO

    IPO sanasi: 1998-yil

    Davlat: AQSH

    Internetdagi birinchi yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri, unda foydalanuvchilari o‘z kontentini yaratishi va dunyo bo‘ylab almashishi mumkin edi.

    1998-yilda, dotkom bumi avjiga chiqqan paytda ijtimoiy tarmoq asoschilari IPO o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi.

    IPO’da har bir aksiya uchun 9 dollardan taklif qilingan va 65 dollargacha ko‘tarilgan. 2000-yilda inqiroz davrida kompaniya qiyinchiliklarga duch keldi, bu esa ommaviy ishdan bo‘shatish va asosiy aktivlarni sotish bilan tugadi.

    Kompaniya: ABC Bank/Agricultural Bank of China

    Birjadagi listing: SEHK: 1288

    SSE: 601288

    IPO sanasi: 2010-yil 7-iyul

    Mamlakat: Xitoy

    Xitoyning beshta yirik banklaridan biri bo‘lgan ABC Bank 2010-yil 7-iyulda IPO’ni yakunlab, 19,2 milliard dollar mablag‘ to‘pladi. Anderrayter Goldman Sachs Asia tomonidan keyingi taklif natijasida mablag‘larning umumiy hajmi 22 milliard dollarga yetdi.

    Kompaniya: Shanda Interactive Entertainment

    Birjadagi listing: NASDAQ: GAME (delisting)

    IPO sanasi: 2009-yil

    Mamlakat: Xitoy

    Boshqa Xitoy kompaniyalari izidan borib, kompaniya AQSHda IPO o‘tkazishni rejalashtirdi. Kompaniya IPO narxini belgilash va taklif qilinadigan aksiyalar sonini aniqlash uchun JP Morgan va Goldman Sachs yirik anderrayterlarini yolladi. Natijada, IPO jami 1,04 milliard dollar (har bir aksiya uchun 12 dollardan ortiq) yig‘di va 2009-yilda AQSHdagi eng yirik IPO’ga aylandi. Biroq anderrayterlar narxni yuqori chegaraga surib, potensial investorlar doirasini cheklab qo‘ydi, bu esa har bir aksiya narxining 14 foizdan ko‘proqqa (har bir aksiya uchun 1,5 dollar) pasayishiga olib keldi. Kompaniya aksiyalarni fond birjasida joylashtirish 2009-yildagi eng yomon IPO debyutlaridan biri bo‘ldi.

    Kompaniya: ICBC Bank

    Birjadagi listing: HKSE: 1398

    SSE: 601398

    IPO sanasi: 2006-yil 20-oktabr

    Mamlakat: Xitoy

    Xitoyning eng yirik tijorat banki. IPO 2006-yilda amalga oshirilib, jami 19,092 milliard dollar yig‘ildi. O‘sha paytda ICBC Bank materik Xitoydagi eng yirik bank va uchinchi yirik Xitoy banki bo‘lgan.

    Kompaniya: Vonage Holdings Corp.

    Birjadagi listing: NYSE: VG

    IPO sanasi: 2006-yil

    Davlat: AQSH

    2006-yilda Vonage internet-telefoniyasi Shimoliy Amerika bozorining yarmidan ko‘pini nazorat qilardi. Sarmoyani oshirish va xarajatlarni qoplash uchun kompaniya 2006-yilda aksiyalarni 17 dollarga taklif qilib, umumiy mablag‘lari 531 million dollarni tashkil etgan holda birjaga chiqishga qaror qildi.

    Bir qarashda, bu muvaffaqiyatdek ko‘rindi, ammo bu oddiy IPO emasdi. Odatda, IPO aksiyalari investitsiya firmalari va anderrayter bilan ish olib boradigan yirik individual investorlar tomonidan sotib olinadi. Vonage IPO’dagi 13,5 foiz ulushni bevosita Vonage mijozlariga taklif qilish kabi oddiy taktika qo‘lladi, mijozlar maxsus veb-sayt orqali aksiyalarni onlayn xarid qilishi mumkin edi, ammo bu xaridorlar oqimini ushlab turolmadi, ko‘plab tranzaksiyalar muvaffaqiyatsiz tugadi.

    Bir necha kundan so‘ng, bitimlar tasdiqlandi, ammo aksiyalar narxi allaqachon 30 foizdan ko‘proqqa tushib ketgandi, bu esa mijozlarning noroziligini keltirib chiqardi.

    Kompaniya: NTT DOCOMO

    Birjadagi listing: NYSE: DCM

    IPO sanasi: 1998-yil

    Mamlakat: Yaponiya

    Tokio telekommunikatsiya o‘yinchisi 1998-yil 22-oktabrda ommaviy bozorga chiqdi, umumiy mablag‘lari 18,1 milliard dollarni tashkil etdi.

    Kompaniya: Pets.com

    Birjadagi listing: NASDAQ

    IPO sanasi: 2000-yil

    Davlat: AQSH

    Pets.com 1990-yillarning oxirlarida internet bumi paytida paydo bo‘lgan to‘rtta onlayn uy hayvonlari do‘konlaridan biri edi. Kompaniya 2000-yilda IPO o‘tkazdi va ko‘zga ko‘rinarli 82 million dollar yig‘di, ammo bu mablag‘ biznesning moliyaviy ehtiyojlari uchun yetarli emasdi. IPO’dan to‘qqiz oy o‘tgach, Pets.com kompaniyasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

    Kompaniya: Visa Inc.

    Birjadagi listing: NYSE: V

    IPO sanasi: 2008-yil

    Davlat: AQSH

    To‘lov operatsiyalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi Amerika transmilliy kompaniyasi. Kompaniya 2008-yil 18-martda birjaga chiqdi, jami kapitali 17,8 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘sha paytdagi global moliyaviy inqiroz davrini hisobga olganda — katta miqdor. Amaliyot AQSH kompaniyalari orasida eng yirik IPO hisoblanadi.

    Kompaniya: Wired Ventures

    IPO sanasi: 1996-yil

    Davlat: AQSH

    “Wired Ventures” media kompaniyasi taniqli Wired jurnalini bosib chiqarardi. Jurnal va kompaniyaning taqdiri dotkom pufagiga to‘g‘ri kelib qoldi. 1996-yilda Wired Ventures IPO’ni amalga oshirishga harakat qildi, biroq fond bozoridagi, ayniqsa internet kompaniyalari sektoridagi pasayish tufayli bitim bekor qilindi. 1998-yilda ikkinchi urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi.

    Kompaniya: AIA

    Birjadagi listin: OTC:AAIGF

    IPO sanasi: 2010-yil

    Mamlakat: Xitoy

    Gonkong investitsiya va sug‘urta kompaniyasi 2010-yil 21-oktabrda jamoatchilikka taklif qilindi. U 17,816 milliard dollar to‘pladi: Gonkongdagi ushbu IPO 10 ta eng yaxshi ro‘yxatidagi uchinchi moliyaviy kompaniya bo‘ldi.

    Kompaniya: Webvan.com

    IPO sanasi: 1999-yil

    Davlat: AQSH

    Webvan.com haqiqatga aylanishga juda yaqin kelgandi. AQSHning yettita yirik shahridagi mijozlar o‘z kompyuterlarida o‘tirib, 30 daqiqada uylariga yetkazib beriladigan oziq-ovqatlarga buyurtma berishi mumkin edi. 1999-yilda kompaniya IPO o‘tkazdi va 375 million dollar to‘pladi.1 milliard dollarlik xususiy investitsiyalar ham olindi. Lekin buncha kapital ham kompaniyani saqlab qola olmadi va daromad keltirmadi.

    Kompaniya: Enel S.p.A.

    Birjadagi listing: OTC:ENLAY

    IPO sanasi: 1999-yil

    Mamlakat: Italiya

    Yevropa va Amerika bozorlarida elektr va gaz ishlab chiqarish hamda tarqatish bilan shug‘ullanadigan xalqaro kompaniya. 1999-yil 1-noyabrda Nyu-York fond birjasida ro‘yxatga olingan, jalb qilingan kapital hajmi 16,452 milliard dollarni tashkil etdi. Bu eng yirik IPO’lar ro‘yxatiga kiritilgan yagona kommunal kompaniya hisoblanadi.

    Kompaniya: Kozmo.com

    Birja ro‘yxati: NYSE: VG

    IPO sanasi: 2000-yil

    Davlat: AQSH

    Kozmo.com — filmlarni ijaraga beradigan va gazak yetkazib beruvchi kompaniya.

    Xususiy sarmoyadorlar kompaniya o‘sishini tezlashtirish uchun hatto 280 million dollar ajratgan.

    Kozmo 2000-yil mart oyida SEC’ga IPO o‘tkazish uchun ariza berdi, ammo bozordagi pasayish tufayli aksiyalarni olib chiqish kechiktirilganini e’lon qildi.

    Kompaniya: Facebook

    Birjadagi listing: NASDAQ: FB

    IPO sanasi: 2012

    Davlat: AQSH

    Bu tarixdagi eng shov-shuvli IPO’lardan biri. Taklif 2012-yil 1-mayda bo‘lib o‘tgan va 16,007 milliard dollar yig‘gan. Kompaniya ijtimoiy media sohasida faoliyat yuritadi, uning faoliyati savdo muammolari va ma’lumot almashishdagi ayblovlar bilan birga kechmoqda. Biroq Facebook’ning IPO’si hamon AQSH tarixidagi eng yirik texnologiya taklifi hisoblanadi.

    Kompaniya: eToys.com

    Birjadagi listing: NYSE: VG

    IPO sanasi: 1999-yil

    Davlat: AQSH

    eToys — Toys ’R Us tomonidan asos solingan onlayn o‘yinchoqlar sotuvchisi.

    Afsuski, eToys.com logistika qurboni bo‘ldi – kompaniya turli o‘yinchoqlarni jo‘natish va saqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun noldan boshlab ulkan va nihoyatda qimmat infratuzilmani qurishga majbur bo‘ldi. Dotkom bumi avjiga chiqqan paytda eToys’ning bitta aksiyasi 20 dollardan sotila boshladi va 76 dollargacha ko‘tarildi. Ammo o‘sha yili Rojdestvo kuni ertalab juda ko‘p buyurtmalar yetib kelmagani uchun janjal chiqdi. Muammoni bartaraf etish maqsadida kompaniya 2000-yilda kutilgan talabni qondirish uchun yana ikkita ulkan ombor qurdi, ammo bundan naf chiqmadi. 2001-yilda kompaniya bankrotlik e’lon qildi.

    Kompaniya: General Motors

    Birjadagi listing: NYSE: GM

    IPO sanasi: 2010-yil

    Davlat: AQSH

    2009-yilda bankrotlik to‘g‘risidagi arizani bekor qilgan General Motors 2010-yil 17 noyabrda IPO o‘tkazdi. AQSHning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 15,774 milliard dollar yig‘di.

    Kompaniya: Blackstone Group

    Birjadagi listing: NYSE: BX

    IPO sanasi: 2006-yil

    Davlat: AQSH

    Blackstone — bu qaytarib sotib olishga ixtisoslashgan xususiy sarmoya firmasi. Kompaniya 2007-yilda IPO o‘tkazish rejalarini e’lon qilganida ko‘plab sarmoyadorlarni hayratda qoldirdi. Prospektda Blackstone kelgusi bir necha oy yoki yillar davomida notekis daromadlar haqida ogohlantirdi, biroq ko‘pchilik bunga e’tibor bermadi. Yakunda Blackstone 4,1 milliard dollar yig‘di, investorlar olgan aksiyalar esa birinchi yilda o‘z qiymatining 42 foizini yo‘qotdi.

    Kompaniya: Nippon Tel

    Birjadagi listing: NYSE: NTT

    IPO sanasi: 1987-yil

    Mamlakat: Yaponiya

    Nippon Tel (NYSE:NTT) — Tokioda joylashgan telekommunikatsiya provayderi. Bu ro‘yxatdagi eng qadimgi IPO. Kompaniya 1987-yil 9-fevraldagi IPO’da 15,301 milliard dollar yig‘di.

    Kompaniya: Omeros

    IPO sanasi: 2009-yil

    Davlat: AQSH

    Omeros biotexnologik firmasi yangi dorilarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan, kompaniya rahbarlari IPO tajribadagi preparatlar AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan ma’qullanmaguncha kompaniyaning barqaror turishiga yordam beradi, deb umid qilgan. Omeros 2009-yil 7-oktabrda IPO o‘tkazdi va 62 million dollar yig‘di. Afsuski, kompaniya aksiyalari IPO’dan keyingi haftalarda tushib ketdi. Omeros’ning muvaffaqiyatsizlikka uchragan tajribasi bozorda naqd pul uchun kurashayotgan boshqa biotexnologik kompaniyalarning umidini puchga chiqardi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    300 dan ortiq: Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 13:10

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Xitoy Taypeyi vakili ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 13:07

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    O‘z hududingizda qoling: shaharning ko‘plab qulayliklari bitta kompleksga qanday joylashdi

    Bugun, 10:41
    Reklama

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Bugun, 12:34

    Dunyo mamlakatlari 2025-yilga borib kiberjinoyatlardan 10,5 trln dollar zarar ko‘rishi mumkin

    Bugun, 12:19

    Uill Smit 55 yoshni qarshi oldi: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    Bugun, 11:44

    FAO O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun 8 ta Toyota Hilux topshirdi

    Bugun, 11:30

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?