Mercedes-Benz Special Trucks kompaniyasi Ukraina Mudofaa vazirligiga 100 dan ortiq Zetros yo‘ltanlamas yuk mashinalarini yetkazib berdi, deb xabar berdi Daimler Truck bosh kompaniyasi.
“Mercedes-Benz Special Trucks Ukraina Mudofaa vazirligiga 100 dan ortiq Zetros yo‘ltanlamas yuk mashinasini yetkazib berdi. Yetkazib berish tarkibiga harbiy yordam va logistika vazifalari uchun mo‘ljallangan bir necha turdagi avtomobillar kiradi”, — deyiladi Daimler Truck kompaniyasi bayonotida.
Qayd etilishicha, yuk mashinalari yetkazib berilishidan avval haydovchilar ushbu turdagi transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kurslarda o‘qitilgan.
“Xarid uchun mablag‘ Germaniya Tashqi ishlar vazirligi va Germaniya mudofaa vaziri tomonidan birgalikda nazorat qilinadigan va amalga oshirilayotgan Germaniya hukumatining qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida olingan”, — deyiladi xabarda.
Zetros yuk mashinalari 16,5 dan 40 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda”, deb ta’kidladi.
Izoh (0)