Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qishda O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchi. Bu haqda u Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-09-05_16-27-41.jpg)
Lukashenko prezident Shavkat Mirziyoyev uni O‘zbekistonga taklif qilayotganini aytdi.
“Hamkasblaringiz bilan Belarusga kelganingiz uchun tashakkur. Do‘stimga eng iliq va ezgu tilaklarimni yetkazishni unutmang. U meni O‘zbekistonga taklif qildi. Lekin O‘zbekistonga qishda borishni xohlayman.
Mamlakatni diqqat bilan o‘rgangan bo‘lsam-da, sizlarda shunday tog‘lar borligi, chinakam qish va go‘zallik hukm suradi, deb o‘ylamagan edim. Shunga qaramay, O‘zbekiston — tog‘li mamlakat, tog‘lari juda go‘zal. Yaqin kunlarda vaqt topib, tog‘laringizga borishga harakat qilaman”, — dedi Lukashenko Tanzila Norboyevaga.
O‘z navbatida, Tanzila Norbayeva Lukashenkoga Belarusga tashrif buyurish taklifi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston prezidentining salomini yetkazgan. U Mirziyoyev Lukashenkoning 2023-yil oxiri yoki 2024-yilning boshida tashrif buyurishini kutayotganini taʼkidlagan.
Izoh (0)