Finlyandiya parlamenti restoranlari Pepsi Rossiyadagi faoliyatini davom ettirayotganligi sababli ushbu kompaniya mahsulotlari sotuvini to‘xtatdi.
Finlyandiyaning Yle teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, PepsiCo mahsulotlari endi parlament binosida sotilmaydi. Qaror deputat Tomas Kettunenning shikoyatidan so‘ng qabul qilindi, u parlamentni “qonli Pepsi” savdosini to‘xtatish orqali “o‘rnak ko‘rsatishga” chaqirdi.
2022-yil mart oyida PepsiCo Rossiyada reklama va ichimliklar ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qilgandi. Biroq 2022-yil avgust oyida Evervess va Frustyle brendlari ostida 7up va Mirinda ichimliklar ishlab chiqarish qayta tiklandi. 2023-yil mart oyida esa Pepsi ichimligi Evervess va “Lyubimiy” brendlari ostida ishlab chiqarila boshlandi.
Izoh (0)