CBS telekanali xabar berishicha, AQSH Adliya vazirligi Rossiyaning sanksiyaga tushgan qiymati 1 milliard dollardan ortiq aktivlarini Ukrainaga jo‘natmoqchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlangan 2022-yil fevral oyining oxiridan beri AQSH rasmiylari Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan aktivlarini musodara qilgan yoki musodara qilishga yordam bergan.
“Biz olingan mablag‘larni Ukraina xalqi manfaatiga ishlatish uchun Kongressdan ruxsat so‘rayapmiz”, — dedi bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Liza Monako CBS telekanaliga bergan intervyusida.
AQSH bosh prokurori Merrik Garlend may oyida sanksiyalarni buzgani uchun rossiyalik oligarx Konstantin Malofeyevning musodara qilingan aktivlarini Ukrainaga o‘tkazishga ruxsat bergandi, deb yozadi Reuters.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, Malofeyev Qrimda separatistik kayfiyatni qo‘zg‘atib, ruslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)