Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida ikki nafar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari kaltaklandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, har ikki holat ham “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali xodimlari tomonidan o‘rganilib, IIBga murojaat qilingan.
Holatlar tegishli tartibda IIBdan chora ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Birinchi holat yuzasidan jabrlanuvchi F.B.ning sudda huquqbuzarga nisbatan da’vosi yo‘qligi aytilgani bois ular sud tomonidan yarashtirilgan. Ikkinchi holat yuzasidan Do‘stlik tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz, — deyiladi mas’ul tashkilot axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh (0)