Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 3-turida “Chelsi” 25-avgust, juma kuni “Luton”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Rahim Sterling hisobni ochdi. 68-daqiqada esa Sterling dublni rasmiylashtirdi. 75-daqiqada Nikolas Jekson hisobni yiriklashtirdi. Shu tariqa londonliklar 3:0 hisobida raqibini taslim etdi.
Maurisio Pochettino shogirdlari APLning 2023/24-yilgi mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
APL
3-tur
25-avgust, juma
“Chelsi” — “Luton” 3:0
Gollar: 1:0 – 17 Sterling, 2:0 – 68 Sterling, 3:0 – 75 Djekson.
“Chelsi”: Sanches, Gyusto, Tiago Silva, Disasi, Koluill, Matsen, Chiluell, Gallaher, Fernandes, Kaysedo, Sterling, Jekson (Ugochukvu, 83).
“Luton”: Kaminski, Kabore (Dauti, 70), Loker, Bell, Berk (Andersen, 77), Jaylz, Barkli (Raddok-Mpanzu, 77), Nakamba, Chong (Ogbene, 77), Morris, Adebayo (Braun, 70).
Ogohlantirishlar: Loker (27), Nakamba (30), Fernandes (73), Braun (78).
Izoh (0)