Prezident qarori bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga qo‘shimcha vakolatlar beriladi.
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, qo‘shimcha vakolatlar ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatini amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida beriladi.
Bular quyidagilar:
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Izoh (0)