• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Norozilik ramziga aylangan talaba: tanklar kolonnasiga bir o‘zi qarshi chiqqan “Noma’lum isyonchi” tarixi

    1989-yil 15-aprel kuni Pekindagi eng yirik Tyananmen maydonida talabalarning ommaviy norozilik namoyishlari boshlanadi. O‘sha yilning 4-iyuliga qadar davom etgan noroziliklar hukumat qo‘shinlarining namoyishchilarga qarata o‘t ochishi orqali bostiriladi. Mazkur hodisa tarixdan “4-iyun voqealari” va “Tyananmen maydonidagi qirg‘in” nomi ostida o‘rin olgan.

    Norozilik namoyishi uchun to‘plangan talabalar
    Foto: AFP 

    Talabalarning maydonga chiqishi birgina sabab tufayli yuzaga kelmagandi: ular orasida fuqarolik ozodligi uchun kurash, korrupsiya, bozor iqtisodiyotiga tezroq o‘tish kabi talablar bo‘lgan. Xitoy Kommunistik partiyasi Markziy qo‘mitasi sobiq bosh kotibi — Xu Yaobanning o‘limi namoyishlar uchun turtki vazifasini o‘tadi. 1987-yil 16-yanvar Xu Yaoban “tezkor islohotlar” borasidagi ochiq chaqiruvlari sabab iste’foga chiqariladi. Oradan ikki yil o‘tgach, 1989-yil 15-aprel kuni esa u yurak xurujidan vafot etadi.

    Namoyishchilar hukumatga qarshi an’anaviy ravishda ommaviy norozilik maydoni sifatida foydalanib kelingan Tyananmen maydoniga chodirlar o‘rnatadi va bu yerda bir oydan ortiq vaqt qolishadi. Xitoyning ko‘plab yetakchi arboblari, jumladan, Markazqo‘mning bosh kotibi Chjao Sziyan ham namoyishchilar ilgari surgan fiklarni qo‘llab-quvvatlar edi — uning partiyasi namoyishchilarga yashirin ravishda moddiy yordam ko‘rsatgan.

    Xitoy poytaxtidagi voqealarga Mixail Gorbachyovning 15-18-may kunlari amalga oshirgan tashrifi ham katta ta’sir ko‘rsatgan deya hisoblanadi. Ziddiyatli davrdan keyin munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan tarixiy tashrifga mezbon tomonning ichki muammolari sabab putur yetadi.

    Sovet yetakchisiga hamrohlik qilgan shaxslarning xotirlashicha, Pekindagi norozilik namoyishlari delegatsiyaning qarashlarini o‘zgartirib yuboradi. Protokol bo‘yicha Tyananmendagi xalq qahramonlari haykaliga gulchambar qo‘yilishi kerak edi. Xitoy rahbariyati bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish haqida uzoq o‘ylanib, oxir-oqibat marosimni bekor qiladi. Poytaxt markazida sodir bo‘layotgan voqealarni ular 1919-yil 4-may munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirga tayyorgarlik deya izohlaydi.

    Xitoylik talabalar Gorbachyovni o‘z tomonlariga og‘dirib olmoqchi bo‘lganida vaziyat yanada murakkablashadi. Pekin universitetining 3 mingdan ortiq talaba va professorlari Sovet Ittifoqi yetakchisi nomiga maktub yo‘llab, uni mehmonga chaqirishadi. Sovet tomoni taklifni e’tiborsiz qoldirishni ma’qul ko‘radi…

    Foto: AP Photo

    3-iyul kuni kechasi Pekinga tanklardan iborat armiya bo‘linmasi kirib keladi va ochiq to‘qnashuvlar boshlanmasidan oldin namoyishchilarni o‘qqa tuta boshlaydi. Oddiy fuqarolar tanklarga tosh va yonuvchan aralashmali shisha idishlarni uloqtira boshlaydi.

    Namoyishchilar avtobuslar, yuk mashinalari va traktorlar yordamida yo‘llarni to‘sadi, biroq tanklar baribir maydonga kirib boradi. Po‘lat to‘siqlar yordamida harbiy texnikalarning gusenitsalariga shikast yetkaziladi. Tanklar to‘xtagach, namoyishchilar ularning havo kiradigan teshiklariga benzin bilan shimdirilgan matolarni yopib, o‘t qo‘yadi.

    Foto: Wikimedia Commons
    Avtomatlar bilan qurollangan askarlar namoyishchilarni ogohlantirishsiz o‘qqa tutishga kirishadi. Tez yordam mashinalari esa yo‘llardagi to‘siqlar tufayli yaradorlarga yordam ko‘rsatish uchun vaqtida yetib bora olmaydi. Shu boisdan jabrlanganlarni qo‘lda tashishga to‘g‘ri keladi. Natijada, namoyish ishtirokchilari xavfli jinoyatchilar deya e’lon qilinadi. Ularning aksariyati hibsga olinib, sudsiz qamoqqa yuboriladi.

    Xitoy hukumati qurbonlar sonini kamaytirib ko‘rsatgan — 200 kishi halok bo‘lgan va 7 ming kishi yaralangan, ammo tashqi kuzatuvchilar o‘n minglab qurbonlar haqida yozardi. The New York Times jurnalisti Nikolas Kristof 1989-yil 21-iyun kuni shunday yozgandi:

    “Aftidan, qurbonlar soni noaniqligicha qoladi. Minglab insonlar o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bugungi kunda mavjud dalillarga asoslanib shunday xulosa qilish mumkinki, 400 kishidan 800 kishigacha fuqaro o‘ldirilgan”.

    Halok bo‘lganlar orasida nafaqat norozilik namoyishchilari, balki oddiy shaharliklar ham bo‘lgan — to‘liq ro‘yxat hozirga qadar e’lon qilinmagan. Ta’kidlash kerakki, odamlar maydonning o‘zida emas, balki qo‘shni markaziy ko‘cha va chorrahalarda o‘ldirilgan.

    Tanklarga qarshi chiqqan noma’lum isyonchi

    Harbiylar tomonidan namoyishlar bostirilgach, ertasi kuni, 5-iyulda tanklar kolonnasi Tyananmen maydonini tark eta boshlaydi. Bu vaqtda “Noma’lum isyonchi” nomi bilan butun dunyoga tanilgan shaxs paydo bo‘ladi.

    “Noma’lum isyonchi”
    Foto: AP Photo

    “Isyonchi”ning eng mashhur surati Associated Press muxbiri Jeff Uaydener tomonidan “Pekin” mehmonxonasining oltinchi qavatidan olingan. Unda “Noma’lum isyonchi” hech qanday qurolsiz “T-59” tanklari kolonnasining yo‘lini to‘sganini ko‘rish mumkin.

    Isyonchi tanklar qarshsiga chiqib, bir necha daqiqa davomida (ayrim manbalarga ko‘ra, yarim soatga yaqin) ularning harakatlanishiga yo‘l bermaydi. Mazkur holat video va fotoga muhrlanadi.

    Oddiy xitoylik erkakning tanklarga qarshilik ko‘rsatgani tasvirlangan holati butun dunyoga tarqalib, “totalitar davlatning zolimligiga qarshi norozilik” ramziga aylanadi. Surat yuzlab gazeta va jurnallar tomonidan chop etiladi, teleyangiliklarda u haqida gapiradi.

    “Noma’lum isyonchi”ning panorama suratini Styuart Franklin ham olgan bo‘lib, unda kolonnadagi 19 ta tankni ko‘rish mumkin.

    1998-yilda Time jurnali ushbu shaxsni XX asrning eng mashhur 100 insoni ro‘yxatiga kiritadi. Shunga qaramay, voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, isyonchi tanklarga qarshi chiqqan yagona inson emas, biroq boshqa namoyishchilardan farqli o‘laroq, u foto va videoga tushib qolgan. “Ko‘plab odamlar o‘z tanasi bilan tanklar yo‘lini to‘sganiga guvoh bo‘lganman”, — degan edi talabalar yetakchisi Shao Szyan.

    “Isyonchi”ning shaxsi va taqdiri

    Tanklarga qarshi chiqqan ushbu inson aslida kim ekani haqida ishonchli ma’lumotlar kam. Shuningdek, harakatni to‘xtatgan tank ekipajining taqdiri ham noma’lum. Versiyalardan biriga ko‘ra, “isyonchi” — Van Veylin ismli 19 yoshli talaba. Uning keyingi taqdiri haqida bir nechta farazlar mavjud. AQSH prezident Richard Niksonning yordamchisi atrofidagi manbalarga ko‘ra, ushbu jasur yigit mayondagi voqealardan 14 kun o‘tib, qalt etilgan.

    Foto: AP Photo

    Boshqa bir manbalarda keltirilishicha, u bir necha oydan keyin Tyanyanmen maydonida otib tashlangan. Shuningdek, bu odam hamon tirik ekani va Xitoyda yashirinib yashayotgani haqida ham versiyalar mavjud. Gonkongdagi anonim-professorlardan biriga ko‘ra, u 3 yildan ortiq vaqt davomida Xitoyda yashirinib yurgan va keyin Tayvanga qochib ketgan.

    Senzura

    Xitoy hududida “4-iyun voqealari”ga oid tasvirlar va ma’lumotlar davlat tomonidan qattiq senzura qilinadi. Bu borada joriy etilgan taqiqlarning ayrimlari aqlga sig‘maydi: masalan, 1989-yildan boshlab senzorlar 4 raqami tushirilgan pochta markalaridan foydalanishni taqiqlagan, 2018-yilda esa Xitoydagi mashhur Wechat messenjeri 64.89 va 89.64 yuan nominalidagi o‘tkazmalarni bloklashi ma’lum bo‘lgandi (6 oy, 4-sana, 1989-yil).

    Ma’lumotlar shu qadar yashirilganidan, voqealar markazida bo‘lgan Pekin universiteti talabalari ham aslida nima bo‘lganini to‘liq bilmaydi. Ularning ayrimlariga “Noma’lum isyonchi” suratini ko‘rsatishganida esa aksariyat talabalar uning haqiqiyligiga ishonmagan.

    Namoyishlardan keyingi Tyananmen maydoni
    Foto: AFP

    Senzura rejimi 2010-yil 12-yanvar kuni qidiruv natijalarini filtrlashdan bosh tortgan Google tizimining ishini ham buzadi. Google va Xitoy hukumati o‘rtasidagi munosabatlar doim murakkab bo‘lib kelgan. O‘zini “Yaxshilik korporatsiyasi” deya ta’riflab keladigan kompaniya qidiruv natijalarini filtrlashga rozi bo‘ladi, ammo “Ayrim natijalar talabga binoan o‘chirildi…” degan jumla hukumat vakillarining g‘azabini qo‘zg‘atgandi.

    Baidu xalqaro kommunikatsiya bo‘limi boshlig‘i Kayzer Kuo shunday deydi: “Xitoy hukumati buni juda yomon ko‘rardi. Ular holatni uyga kelgan mehmon ovqat yeyishga rozilik bildirib, lekin bu unga yoqmaganini aytishiga qiyosladi”.

    2010-yilda Google servislari Xitoy tomonidan kuchli xakerlar hujumiga uchraydi. Bu kompaniya rahbariyatini qarshi choralar ko‘rishga majbur etadi va 2010-yil 12-yanvar kuni Google bayonot bilan chiqadi:

    “Bundan buyog‘iga Google.cn dagi qidiruv natijalarini senzuraga uchrashiga yo‘l qo‘ya olmaymiz va keyingi bir necha hafta ichida Xitoy hukumati bilan qidiriv tizimi filtrsiz ishlay olishining huquqiy asosini muhokama qilamiz”.

    Foto: AFP

    Dunyodagi eng yirik internet kompaniya va o‘sha vaqtda aholisi eng ko‘p bo‘lgan mamlakat hukumati o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida Google Xitoy bozorini tark etadi. Ammo mazkur qarama-qarshilik natijasida ko‘plab xitoylik foydalanuvchilar senzuradan xabar topadi, boz ustiga ular ma’lum muddat 4-iyun kuni Tyananmen maydonida sodir bo‘lgan voqealarga oid ma’lumotlar bilan tanishishga muvaffaq bo‘ladi.

    24.08.2023, 14:56   Izoh (0)   12196
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qanday buyuk artist vafot etmoqda”. Telba imperatorligi bilan nom qozongan Neron rostdan ham Rimga o‘t qo‘yganmidi?

    08.08.2023, 12:04

    Diana: afsonaning boshqa tomoni. 26 yil oldin vafot etgan “xalq malikasi” va uning atrofidagi mish-mishlar

    11.08.2023, 15:46

    Halok bo‘lgan qiz kundaligi: fashizm davri tarixiga aylangan Anna Frank va uning oilasi taqdiri

    15.08.2023, 17:10

    “G‘alabaga eng katta hissa qo‘shgan shaxs” — nemislarning “Enigma”sini buzgan britaniyalik matematik Alan Tyuring

    21.08.2023, 21:00

    “Lukashenko siyosiy mahbuslar hayoti uchun javobgar” — Germaniya prezidenti

    24.08.2023, 13:57

    Prigojinning samolyoti urib tushirildimi yoki bortda bomba bo‘lganmi? Asosiy taxminlar

    24.08.2023, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.