• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qanday buyuk artist vafot etmoqda”. Telba imperatorligi bilan nom qozongan Neron rostdan ham Rimga o‘t qo‘yganmidi?

    Mubolag‘asiz aytish mumkinki, Neron — Rim imperatorlari orasida eng mashhuri. U avvalo o‘zining shafqatsizligi va hokimiyatga o‘chligi bilan tanilgan: imperator o‘z onasini o‘ldirgan, odamlarni yirtqichlarga yem qilgan va ilk nasroniylarni o‘tda yoqqan. Ammo Neron haqida bilganlarimizning ayrimlari — bu shunchaki afsonalar. Masalan, Neron Rim shahriga o‘t qo‘yib, ulkan shaharning yonishini tomosha qilgan deyishadi. Zamonaviy tarixchilarning qayd etishicha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, shunday bo‘lgan taqdirda ham imperator kuli ko‘kka sovurilgan uylar va jamoat binolarini o‘z mablag‘lari hisobidan qayta tiklashga majbur bo‘lardi.

    Yonayotgan Rim
    Foto: Wikimedia Commons

    Gney Domitsiyga rafiqasi Agrippina o‘g‘il dunyoga keltirgani xabarini yetkazilib, uni tabriklash boshlanganida ota shunday deya javob qaytargan edi: “Men va Agrippinadan insoniyat uchun qayg‘u olib keladigan shaxsdan boshqasi tug‘ilishi mumkin emas”. Bo‘lajak imperatorning otasi Neron haqida xuddi barcha narsani oldindan bilgandek...

    Agripinna Kaligulaning singlisi edi, tarixchilar qonxo‘rligi va ahmoqona qarorlari bilan nom qozongan imperator o‘z singillari bilan ham yaqinlik qilgani haqida yozadi. Shu sababdan Gney Domitsiy Neronni o‘zi tog‘asidan bo‘lgan deya shubhaga borardi. Umuman olganda Gneyning o‘zi ham oliyjanobligi yoki to‘g‘riligi bilan nom chiqarmagan.

    Bugungi kunda ma’lumki, Neron ko‘pchilik o‘ylaganidek bir yoqlama tarixiy shaxs emas. U musiqa bastalar va she’rlar yozar, islohotlarni amalga oshirib, uzoq vaqt xalqning sevimli hukmdori bo‘lib kelgan. Neron haqida tasavvurni shakllantirish uchun Trier shahridagi ko‘rgazmaga tashrif buyurish lozim. “Neron: imperator, san’at odami, zolim” nomli ekspozitsiya birdaniga uchta muzeyga joylashgan. Unda bizning davrimizga qadar yetib kelgan Neronga taalluqli 700 dan ortiq artefakt va hujjatlar mavjud.

    Neron byusti
    Foto: Wikipedia

    Yangi portret

    To‘liq ismi Neron Klavdiy Sezar Avgust Germanik bo‘lgan imperator eramizning 37-yilidan 68-yiliga qadar yashagan. Xo‘sh, u rostdan ham “telba zolim” edimi? Ko‘pchilik mazkur stereotip birinchi navbatda antik davr tarixchilari Tatsit, Kassiy Dion va Svetoniy tomonidan yaratilgan deb hisoblaydi. Ular esa Neron yomon ko‘rgan aristokratiya vakillari edi. Zamonaviy tadqiqotlar natijasida Neronning yangi portreti yaratilgan bo‘lib, unda imperatorning yoshligidan boshlab, davlat ishlarida faol ishtiroki va teatr karyerasidan boshqa hech narsa qiziqtirmay qo‘ygan umrining so‘nggi kunlari haqida ham ishonchli ma’lumotlarni olish mumkin.

    Gap 64-yili Rimda sodir bo‘lgan mashhur yong‘in haqida ketmoqda. Ko‘plab manbalar Neronning unga hech qanday aloqasi bo‘lmaganini yozadi. Gap shundaki, u vaqtlari Rimda yong‘inlar tez-tez sodir bo‘lib turgan: bir-biriga zich qurilgan uylarda yuzaga kelgan alanga biridan ikkinchisiga tez o‘tishi oqibatida olov butun shaharni qamrab olgan. Bundan tashqari, yong‘in yuzaga kelganida Neron Rimda bo‘lmagan, shu sabab u tepalikka chiqib olib, alangani kuzatgan bo‘lishi mumkin emas. Yana bir dalil imperator foydasiga xizmat qiladi: alanga uning uchun qadrli bo‘lgan san’at asarlari namunalarni yo‘q qilgan edi. Ya’ni Neron agarda shaharga o‘t qo‘yishni buyurganida, albatta, shaxsiy narsalariga ziyon yetkazmaslik chorasini ko‘rib qo‘ygan bo‘lardi.

    Ijodkorlik tomoni

    Neron haqiqiy ijod odami edi: u she’rlar yozar, musiqa bastalar va qo‘shiq kuylardi. Shu bilan birga, arxitektura bilan ham qiziqqan, hozirgi til bilan aytganda, innovatsiya tarafdori edi. U “Oltin uy” deb ataluvchi saroyiga osmon rangiga bo‘yalgan aylanuvchi gumbaz o‘rnatishni buyurgan. Ushbu gumbazdan tantanali bazmlarda atirgul barglari sochilardi.

    Foto: Wikipedia
    Uning aynan ijodiy tomoni Rim jamiyatining yuqori martabali qatlamiga yoqmasdi. Imperator aktyorlik va qo‘shiqchilik qilgani esa aristokratlarni butunlay dahshatga solardi. Shu boisdan aristokrat tarixchilar Neronni kibrga berilgan shafqatsiz imperator sifatida ta’riflashga kirishgan.

    Tan olish kerakki, ularning ham o‘ziga yarasha sababi bor edi — bu Neronning faqatgina musiqa va teatrga bo‘lgan muhabbati bilan bog‘liq emas. Qadimgi Rim tarixchilarining yozishicha, Neron har doim ham yuqorida ta’riflaganimizdek bo‘lmagan. Taxtga chiqqan vaqtida unga katta umid bildirishgan. Don narxini tushirib, gladiatorlar jangi, aravalarda poyga, teatr sahnalari kabi ko‘ngilochar tomoshalar uyushtirgani uchun xalq uni juda yaxshi ko‘rardi. Rim senatorlari uning faoliyatiga deyarli aralashmasdan, oqil va dono hukmdor sifatida hurmat qilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan Neronning boshqa taraflari ham paydo bo‘la boshlaydi: isrofgarchilikka cheksiz ishtiyoq va shafqatsizlik bilan xayoliy, jumladan, atrofdagi dushmanlarini yo‘q qila boshladi.

    Neronning rafiqalari

    Neron 17 yoshida imperatorga aylanadi. Uning boshqaruvi ko‘pchilik kutganidek ijobiy islohotlar bilan boshlandi. U soliq va moliyaviy tizimlar bilan shug‘ullanib, o‘zini yaxshi yetakchi sifatida ko‘rsatdi. Xalq orasida mashhurlikka erishgan Neron oddiy aholining hayotini yaxshilashga urindi. Rimning o‘z mustamlakalari ustidan nazorati qayta tiklandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Biroq kutilmaganda barchasi o‘zgaradi. Neron davlat ishlaridan chekinib, shahvoniy istaklarini qondirish bilan mashg‘ul bo‘la boshlaydi. Oktavia bilan oilaviy hayot tezda uning joniga tegadi va u boshqa ayollarni qidirishga kirishadi. Ulardan biri sobiq qul Akta edi. Neron unga uylanmoqchi bo‘lganida Agrippina ayolni saroydan quvib yuboradi.

    Shundan keyin hukmdor Poppeya Sabinaga e’tibor qaratadi. Bu go‘zal ayol imperator ayonlaridan birining rafiqasi edi, ammo bu ham uni to‘xtatib qololmaydi. Neron er-xotinni ajrashishga majbur etadi va Poppeya bilan yashirin ravishda uchrashib yuradi. Yashirin ravishda uchrashishiga sabab Oktavia hamon uning rafiqasi edi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Biroq Neron ushbu “tushunmovchilik”ni tezda bartaraf etadi. Oktavia orolga surgun qilinadi va vahshiylarcha o‘ldiriladi. Aytishlaricha, uning o‘limi isboti sifatida Neronga sobiq rafiqasining boshini olib kelishgan.

    Poppeya bo‘lsa saroyda umrguzaronlik qila boshlaydi. Ayniqsa, Neronga qiz tug‘ib berganida uning baxti ko‘kka yetadi. Ammo bola bir necha oygina yashaydi xolos. Poppeya ikkinchi bor homilador bo‘ladi, biroq janjallari sabab Neronning g‘azabini qo‘zg‘ayvergach, imperator uni kaltaklab, o‘ldirib qo‘yadi.

    Onasining o‘ldirilishi

    Neronning eng dahshatli jinoyati — o‘z onasi Yuliya Agripinnani o‘ldirgani edi. Agrippina o‘ziga uyushtirilgan suiqasdlardan bir necha bor omon qolgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Shu yerda bir narsani inobatga olish lozim: olmaning tagiga olma tushadi… Agrippina ham o‘g‘lidan qolishmaydigan shafqatsiz inson edi. U Neronni hokimiyat tepasiga olib kelish uchun eri — imperator Klavdiyni zaharlagan. 54-yilda Neron imperator deya e’lon qilinadi. Biroq Agrippina hokimiyatni qo‘ldan boy berishni istamaydi va o‘zini xuddi davlat hukmdori sifatida tutishda davom etadi. Shunda Neron uni o‘ldirishga qaror qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Avvaliga u o‘z onasini uch marotaba zaharlamoqchi bo‘lgan: Agrippina har safar zaharga qarshi dori bilan omon qoladi. Shundan so‘ng o‘g‘il onasini kerakli vaqtda cho‘ktirib yuborish mumkin bo‘lgan maxsus kemaga aldov bilan chiqaradi. Ammo Agrippina suzishni yaxshi bilgani sabab yana tirik qoladi. Nihoyat Neronning buyrug‘i bilan Agrippinaning yotog‘iga bostirib kirgan harbiy dengizchilar uni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ladi.

    Ushbu vahshiylik Neron uchun izsiz yo‘qolmaydi. U bir necha bor qo‘liga mash’ala tutgan onasining siymosi o‘zini ta’qib qilayotganini aytgandi.

    Neronning o‘limi

    Neron 68-yilning iyunida Villa Servilia’dan Rimdagi saroyiga qaytganida soqchilarning yo‘qligini ko‘radi. U saroyda uyquga yotadi va yarim tunda uyg‘onib, o‘ziga eng yaqin deb bilgan odamlariga maktublar jo‘natadi, ammo hech kim kelmaydi. Xonalar bo‘ylab aylanib yurarkan u saroyda qullardan boshqa hech kim qolmaganini payqaydi. Neron o‘zini o‘ldirishlari uchun askar yoki gladiatorlarni qidirardi. “Mening do‘stlarim ham, dushmanlarim ham yo‘q!”, deya baqirgan Neron Tibrga yo‘l oladi, ammo u yerda o‘z joniga qasd qilishga jur’at topa olmaydi.

    Tarixchi Svetoniyning yozishicha, saroyga qaytgan Neron to‘rt nafar xizmatkori bilan shahardan tashqaridagi saroyiga yo‘l oladi. Bu yerda u o‘ziga qabr qazishlarini buyuradi. Tez orada yetib kelgan chopar senat Neronni xalq xoini deya e’lon qilgani va uni ommaviy qatl qilishmoqchi ekanliklari haqida aytadi. Shunda u o‘zining mashhur iborasini (“Qanday buyuk artist vafot etmoqda!”) aytib, o‘z joniga qasd qiladi.

    “Neronning o‘limi”. V.Smirnov kartinasi, 1888-yil
    Foto: Wikipedia

    Qiziq jihati, Neronning o‘limi imperatorlik uchun kurashgan to‘rt tomon o‘rtasida fuqarolik urushini keltirib chiqaradi. Bu davr tarixdan “To‘rt imperator yili” nomi ostida joy oladi. 

    Nima bo‘lganda ham bularning barchasini Rimdagi buyuk yong‘inga aloqasi yo‘q. Albatta, Neronning ko‘plab qilmish va jinoyatlari mavjud, biroq Rimni u yoqmagan. Shunday bo‘lgan taqdirda ham adabiyotga muhrlangan obraz har qanday haqiqatdan ustun. Shu boisdan imperator xuddi Motsartni zaharlashni xayoliga ham keltirmagan Salyeri kabi o‘zini oqlay olmaydi. 

    08.08.2023, 12:04   Izoh (0)   10018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Akademik Ivan Pavlov nazariyasiga binoan…” Stalinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan olim hayoti nega “maxfiy” tamg‘asi ostiga yashirilgan edi?

    20.07.2023, 01:25

    Baxtdan boshqa barcha narsasi bo‘lgan aktrisa — Merilin Monro: ism va sochning o‘zgarishi, prezident bilan munosabat va sirli o‘lim sabablari

    23.07.2023, 09:40

    “Britaniya tarixidagi eng yaxshi razvedkachi”. Arab dunyosini parchalagan “Arabistonlik Lourens” aslida kim edi?

    27.07.2023, 09:47

    “Olma voqeasi jiyani uchun ertak edi”. Ilm-fan sohasidagi birinchi ritsar va oxirzamon bashoratchisi — Nyutonning munozarali hayot yo‘li

    03.08.2023, 10:05

    Rossiyaning Donetskdagi shaharga raketa zarbasi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    08.08.2023, 11:14

    Sim to‘siqni kesishgan: Belaruslik chegarachilar noqonuniy muhojirlarni Latviya hududiga kiritib yuborgani aytildi (foto)

    08.08.2023, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.