• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “G‘alabaga eng katta hissa qo‘shgan shaxs” — nemislarning “Enigma”sini buzgan britaniyalik matematik Alan Tyuring

    Alan 1912-yil 23-iyun kuni London shahrida dunyoga keladi. U tug‘ilishdan oldin Alanning ota-onasi o‘z farzandi Britaniyada dunyoga kelishi va ushbu mamlakat madaniyati bilan yashashi uchun Hindistondan qaytib kelgandi. Shunday bo‘ldi ham — Alan Tyuring butun umrini qirollik hududida o‘tkazdi va uning barcha mehnatlari London, Kembrij va Manchester kabi shaharlarga bog‘liq.

    Foto: Wikimedia Commons

    Oilaning Alandan katta farzandi ham bor edi — Jon. Ota-ona ularni harbiy oilalar qaroviga qoldirib, tez-tez Angliya va Hindiston orasida qatnashga to‘g‘ri kelardi, chunki Alanning otasi harbiy xizmatchi edi. Shu boisdan aka-uka bu kabi “bolalar uylarida” inglizlarga xos xulq-atvor bilan tarbiyalanadi.

    Olti yoshga to‘lganida Alan Gastings shahridagi Avliyo Mikoil maktabiga o‘qishga kiradi. Ushbu ta’lim dargohida bolaning iqtidori yuqori baholanadi. O‘qish davomida bolakay ilmiy tajribalar bilan shug‘ullanadi. Xususan, u dengiz o‘simliklaridan yod olishga urinadi. Bunday tajribalar Alanning onasini xavotirga solardi. U texnika borasidagi bunday qiziquvchanlik bolaning asosiy e’tibor gumanitar fanlarga beriladigan nufuzli maktabga kirishiga xalaqit beradi deb hisoblardi.

    Shunga qaramay, Alan yetarli darajada obro‘ga ega Sherborn xususiy maktabiga o‘qishga kiradi. O‘zlashtirish borasida yigitcha eng oxirgi o‘rinlarda edi va o‘qituvchilar u haqda ko‘p shikoyat qilishardi. Gap shundaki, u yerda o‘tiladigan darslarning aksariyat qismi Alanni qiziqtirmasdi. Ingliz, lotin tillari va boshqa gumanitar darslar uning e’tiborini tortmagan. Ammo uning ushbu darslarga e’tiborsizligi o‘qituvchilar g‘azabiga sabab bo‘lardi.

    Maktab direktori tomonidan yozilgan maktubdan bilish mumkinki, u Alanga o‘qishini yaxshilash yoki maktabdan haydalish shartini qo‘ygan. Maktabda o‘qib yurgan kezlari, 16 yoshida u Eynshteynning nisbiylik nazariyasini o‘rganib chiqadi va unda muallifning Nyuton qonunlariga yashirin ishonqiramaslik fikrida ekanini payqaydi. Buni aniqlash uncha-muncha matematikning qo‘lidan kelmasdi.

    Alan Sherborn maktabida eng yaqin do‘sti Kristofer Morkom bilan tanishadi. Ular zerikarli darslar davomida “dengiz jangi” o‘ynar, turli jadvallar tuzar yoki ilm-fanga oid biror matematik yangilikni yechishga urinardi.

    Alan Tyuring marafon musobaqasida
    Foto: Wikipedia

    Alan Kris bilan birga Kembrijga o‘qishga topshirishga qaror qiladi. Ammo do‘stidan farqli o‘laroq imtihonlarni birinchi urinishda topshira olmaydi. Tyuring shijoatini tushirmagan holda ikkinchi urinishda Kembrij qirollik kollejiga o‘qishga kiradi. Kristofer Kembrijda o‘qib yurgan kezlari sut orqali tarqalgan kasallik oqibatida vafot etadi. Yaqin do‘stining o‘limi Alan uchun og‘ir zarba edi. U Krisning onasiga ko‘plab hamdardlik maktublari yozib, uni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Alan Kembrijda matematik Godfri Xarold Xard qo‘l ostida ta’lim oladi. 24 yoshida Alan Gyodelning to‘liqsizlik haqidagi teoremasiga o‘zgartirish kiritadi. Teorema quyidagicha — har qanday nazariyani bir vaqtning o‘zida haqiqat yoki yolg‘on sifatida isbotlash mumkin, chunki nazariya ko‘plab aksiomalarga asoslanadi, shunday ekan aksiomalar ham to‘g‘ri, ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.

    Alan Tyuring murakkab matematik hisoblash usuli va oddiy birliklar yordamida deyarli har qanday masalani yechishga qodir mashina modelini yaratadi. Ushbu qurilma “Tyuring mashinasi” nomini oladi va elektron hisoblash mashinasiga aylanadi. Mashina xotirasiga dastlabki ma’lumotlar kiritiladi va u belgilangan algoritm asosida varaqqa natijalarni chop etadi. Bunday hisoblash amalida “to‘g‘ri”, “yolg‘on”, “algoritm” kabi tushunchalardan foydalanilgan.

    1938-yili 26 yoshli Alan Tyuring “Ordinarlarga asoslangan mantiqiy tizimlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi.

    Foto: Wikimedia Commons

    “Tyuring mashinasi”: qanday qilib algoritm kompyuter erasining asosiga aylandi?

    Hozir ham xuddi 1936-yildagi kabi ong va tafakkur qanday paydo bo‘lishi mutlaqo noma’lum. Ammo murakkab hisoblashlarga talab bo‘lgan va ularni amalga oshirish uchun elektron hisoblash mashinasi qanday nazariy talablarga javob berishi kerakligini aniq hisob-kitob qilish kerak edi.

    Buni amalga oshirish uchun esa Tyuring cheksiz xotiraga ega ideallashtirilgan hisoblash mashinasi ishini ko‘rib chiqadi. U mashina uchun aniq harakat tizimini belgilab beradi: mashina faqat ketma-ket elementar operatsiyalarni bajarib, ma’lumotlarni saqlash kataklaridan biriga yangi belgi yozish orqali ishlay olardi. Shundan so‘ng u qo‘shni katakka o‘tadi va u yerda yana bitta elementar operatsiyani bajaradi. Shu bilan birga, u “erkin fikrlash” funksiyasiga ega bo‘lmagan — hisoblash matematik qo‘llanmalar orqali berilgan oddiy ketma-ketlikda ishlovchi aniq algoritmlar asosida amalga oshirilgan. Muayyan kiritilayotgan ma’lumotlar uchun chiqishda faqat bitta ehtimoliy natija bor edi. Natijada bitta algoritm — aynan Tyuring ushbu tushunchaning paydo bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan — doim berilgan topshiriq uchun bitta natijani chiqarib bergan.

    Aniq belgilangan qoidalar elementar operatsiya orqali mashina konsepsiyasi hosil qilingan, bu murakkab hisoblash amallari cho‘qqisiga oddiy amallar orqali chiqish degani edi. Oldinlari kuchli hisoblash mashinalarining yaratilishi fantastik vazifa hisoblangan bo‘lsa, endilikda oddiy elementar operatsiyalarni ancha tezroq bajarish masalasini hal etishga bog‘liq bo‘lib qolgandi.

    Bir marta ham frontga bormasdan urush qahramoniga aylangan matematik

    Urushdan oldin Germaniyada ikki turdagi shifrlovchi mashina yaratilgandi — “Enigma” va “Lorens” (bularning ikkinchisi juda murakkab bo‘lib, faqat oliy qo‘mondonlik o‘rtasida xabar almashinuvida ishlatilgan). Ular alifbodagi harflar soni kabi 26 ta holatga ega bo‘lgan bir nechta rotor yordamida ma’lumotlarni yozib oladi. Rotorlarning dastlabki holatini “bilgan holda” (maxfiy xabar kaliti) xuddi shu turdagi boshqa mashina belgilar bo‘tqasidan jo‘natuvchi “Enigma” nima yuborganini osongina aniqlar edi.

    “Enigma” shifrlovchi mashinasi
    Foto: Wikipedia

    Ikkala mashina ham tez orada takomillashtiriladi va ular uzatayotgan ma’lumotlarni o‘zgalar tushunishi favqulodda murakkab holatga aylanadi. Polshaliklarning mashina jumbog‘ini yechishga bo‘lgan urinishi 1940-yilgacha foydalanilgan uning oddiy versiyasi zarariga ishlaydi. Polyaklar to‘plagan ma’lumotlar bilan tanishib chiqqan inglizlar nemislarning maxfiy radioxabarlarini buzish uchun mazkur sohada mavjud bo‘lmagan ancha zamonaviy qurilma kerak ekanini tushunib yetadi.

    Shunda Alan Tyuring keyinchalik “Tyuring bombasi” nomini olgan mashinani yaratish guruhi boshchilik qiladi. U har biri bitta “Enigma”ga mos keladigan o‘nlab rotorlarga ega bo‘lgan, nemis shifrlarini yechish uchun harbiy va maxfiy xizmatlar tomonidan barcha davrlarda foydalanilgan shifrlash usullari kiritiladi: maxfiylik talab etilmagan ma’lumotlarni shifrlash ma’nisiz edi. “Enigma” shifrlari orqali fuqarolik xizmatlari ochiq radioefir orqali uzatiladigan oddiy xabarlar ham yuborib turilgan. Shu orqali maxfiy xabarlarning bir qismini o‘qishga muvaffaq bo‘lingandi. Shundan so‘ng “Tyuring bombasi” “Enigma”ning radioxabarlaridan qo‘lga kiritilgan ob-havo ma’lumotlari orqali shifrlashni amalga oshiradi — rotorlar holatning o‘zgarishi orqali xabarning noma’lum qismiga ham osongina oydinlik kiritilgan.

    The Imitation Game filmidan kadr

    Natijada 1940-yilning bahorida inglizlar nemislarning deyarli barcha radioxabarlarini o‘qishga muvaffaq bo‘ladi. Bu ularga urushning qay tarzda borishida ulkan ustuvorlik berdi. Tutib qolingan mazkur ma’lumotlardan foydalangan “Ultra” dasturi rahbari Uinterbot amalda bu qanday ishlashini aytgan edi. Rommel (nemis qo‘mondoni) Shimoliy Afrikada yashirin zarbalardan biriga tayyorgarlik ko‘rayotganida, inglizlar bor kuchini qarama-qarshi tomonga to‘plagan va nemislar hujumi kuni yurishni boshlab, dushmanning zaif tomonida hujum uyushtirgan. Fransiya va Italiyadagi ittifoqchilar bilan ham urush shu yo‘sinda olib borilgan. Nemis suv osti kemalar guruhi bir-biri bilan ittifoqchilar kemalarini qayerdan qidirishayotgani haqida ma’lumot almashgan zahoti, inglizlar o‘z yo‘nalishini o‘zgartirardi.

    Bu urushda ingliz va amerikaliklar xuddi so‘qirlarga qarshi urushayotgandek edi — nemislar ittifoqchilarning radioxabarlarini buza olmagan. 1944-yilda inglizlar nemislar ittifoqchilar Pa-de-Kelega kelishini kutganini aniq bilgan holda, Normandiyaga boradi. Shu sababdan Uinston Cherchill va Britaniya qiroli Georg VI ga shunday deydi: “Biz aynan ‘Ultra’ yordami bilan urushda g‘alaba qozondik”.

    Buning uchun Alan Tyuring Britaniya imperiyasining ordeni bilan ham taqdirlanadi, afsuski, mutlaqo maxfiy holatda — uning o‘zi va qirollik vakillaridan boshqa odamlar bilmagan. Qayd etish joizki, nemis shifrlarini buzish bo‘yicha usul shu qadar ilg‘or ediki, Buyuk Britaniya maxfiy xizmati ularni 2012-yildagina arxivga topshiradi.

    The Imitation Game filmidan kadr

    Tyuring testi: matematik sun’iy intellektga eltuvchi yo‘lni ko‘rsatdi

    Urushdan keyin olim birinchi raqamli kompyuterlar ixtirochilariga konsultatsiya berishdan tashqari mashinani o‘ylashga o‘rgatish masalasi bilan ham shug‘ullandi. Tyuring o‘z ishini “o‘ylash” jumlasini ishlatmaslikdan boshladi — ushbu so‘zga mos keladigan ta’rif hali yo‘q edi. Buning o‘rniga u sun’iy intellektning boshqa toifasini taklif qiladi — inson bilan masofadan turib muloqot qila oladigan mashina (Tyuring testi).

    Uning fikricha, buni uddalash mumkin — faqat muntazam o‘zini takomillashtirib boradigan raqamli kompyuterni yaratish kerak xolos. Oradan 70 yil o‘tgan bo‘lsa-da, masofaviy muloqotda inson o‘rnini egallashga qodir kompyuter yaratilmadi. Ayrimlar buni inson miyasi hisoblash mashinasi sifatida ancha murakkab va kuchli ekani bilan izohlaydi. Boshqalar bo‘lsa “mustaqil” o‘rgana oladigan raqamli kompyuter g‘oyasining o‘zi shubhali ekanini aytadi.

    Algoritmlar — qat’iy bosqichma-bosqich yo‘riqnoma bo‘lib, ular ko‘p variantli qilinsa ham oxir-oqibat bunday variantlar tugaydi. Insonga taqlid qiladigan kompyuter qobiliyatining ham oxiri shunday bo‘ladi.

    The Imitation Game filmidan kadr

    1952-yilda 39 yoshli Tyuringning boshqa bir erkak bilan aloqalari hukumat e’tiboriga tushib qoladi: olimning uyini o‘g‘ri uradi va 19 yoshli sherigi o‘g‘rilar tanishi ekanini aytadi. Alan politsiyaga murojaat qilganida esa uning aloqalari fosh bo‘ladi va Tyuring jinoiy ta’qibga uchraydi. U vaqtda Buyuk Britaniya gomoseksualizm jinoyat hisoblangan.

    Sud urush qahramoniga ikki turdagi jazo variantini taklif etadi — qamoq yoki ayollarga xos garmonlar bilan (dietilstilbestrol) “davolanish”. Tyuring ilmiy ishini davom ettirishni rejalashtirgani bois ikkinchi variantni tanlaydi. Hozirgi kunda taqiqlangan ushbu dietilstilbestrol ko‘p dozada foydalanish kimyoviy kastratsiya vazifasini o‘taydi — dori unda impotensiya chaqirib, ko‘krak bezlarining kattalashishini hosil qilgandi.

    The Imitation Game filmidan kadr

     Bu esa olimning ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi va 1954-yilda Tyuring o‘zi uyida jonsiz holatda topiladi (sianid bilan zaharlangan). Xonadonda zahar manbasi bo‘lgan ko‘plab kimyoviy dorilar saqlangani sabab rasmiy xulosa u o‘z joniga qasd qilgan xulosani beradi. 2013-yilda Britaniya taxti uni o‘limidan keyin afv etadi.

    21.08.2023, 21:00   Izoh (0)   23911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Olma voqeasi jiyani uchun ertak edi”. Ilm-fan sohasidagi birinchi ritsar va oxirzamon bashoratchisi — Nyutonning munozarali hayot yo‘li

    03.08.2023, 10:05

    “Qanday buyuk artist vafot etmoqda”. Telba imperatorligi bilan nom qozongan Neron rostdan ham Rimga o‘t qo‘yganmidi?

    08.08.2023, 12:04

    Diana: afsonaning boshqa tomoni. 26 yil oldin vafot etgan “xalq malikasi” va uning atrofidagi mish-mishlar

    11.08.2023, 15:46

    Halok bo‘lgan qiz kundaligi: fashizm davri tarixiga aylangan Anna Frank va uning oilasi taqdiri

    15.08.2023, 17:10

    Manxetten markazida 29 yoshli ayol mashinasini odamlar ustiga haydadi

    21.08.2023, 20:50

    Yaponiyada o‘yin avtomatlari zali yonida kamida 100 ta mashina yonib ketdi

    21.08.2023, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.