AQSH davlat departamenti Polshaga AH-64E Apache vertolyotlari va tegishli uskunalarni 12 milliard dollarga sotishni ma’qulladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Pentagonning taʼkidlashicha, Polsha NATO aʼzosi sifatida 96 ta Apache hujumchi vertolyoti va ular uchun zarur jihozlarni, xususan, Hellfire va Stinger raketalarini sotib olishga so‘rov yuborgan. Qayd etilishicha, asosiy pudratchilar Boeing va Lockheed Martin kompaniyalari hisoblanadi.
Mudofaa vazirligi ehtimoliy sotuv haqida AQSH Kongressini xabardor qilgan, biroq Davlat departamenti tegishli shartnomani imzolagani yoki muzokaralarni yakunlagani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Boeing kompaniyasining Apache vertolyotlari 1980-yillardan beri ishlatilib kelinadi va hozirda AQSH armiyasining asosiy hujumchi vertolyotlari hisoblanadi.
Avvalroq Polsha Janubiy Koreyadan Chunmoo yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarining birinchi partiyasini olgandi.
Polsha armiyasi keng ko‘lamda qayta qurollantirilmoqda. Amerikaning Abarms tanklari va HIMARS tizimlaridan tashqari, qayta qurollanish dasturi Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ko‘plab zamonaviy qurollarni ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)