AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlikka da’vogar bo‘lgan boshqa respublikachilar bilan debatda qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqda Tramp ijtimoiy tarmoqda yozgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bahs-munozaralarsiz ham u raqiblaridan sezilarli darajada oldinda. CBS telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 62 foizi unga ovoz berishga tayyor.
“Jamiyat mening kimligimni, prezidentligim qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini biladi. Energetik mustaqillik, mustahkam chegaralar, kuchli armiya, tarixdagi eng kuchli iqtisodiyot — bularning hammasi mening boshqaruvim paytida bo‘lgan”, — dedi sobiq prezident o‘z postida.
Bo‘lajak saylovlarda respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlarning debatlari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Trampdan tashqari respublikachilar partiyasidan sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Florida gubernatori Ron DeSantis, biznesmen Vivek Ramasvami, AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli, Janubiy Karolina senatori Tim Skott va Nyu-York shtatining sobiq gubernatori Jersi Kris Kristi saylovda o‘z nomzodini qo‘yish uchun kurashmoqda. AQShda prezidentlik saylovi 2024-yilning noyabriga belgilangan.
Izoh (0)