Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan bahsda “Andijon” 21-avgust, dushanba kuni “Olimpik”ka qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida Rubin Hebay andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 19-daqiqada esa Alisher Odilov muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limda durang natija qayd etildi.
Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar faollikni oshirdi va 51-daqiqada Armin Boshnyakning goli evaziga yana bir bor hisobda oldinga chiqib oldi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va o‘yin “Andijon”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Andijon” ochkolari sonini 24 taga yetkazdi va 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Olimpik” esa 17 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.
Superliga
17-tur bahsi
21-avgust, dushanba
“Andijon” – “Olimpik” 2:1
Gollar: 1:0 — 3 Ruben Hebay, 1:1 — 19 Alisher Odilov, 2:1 — 51 Armin Boshnyak.
“Andijon”: 72. Igor Litovka, 5. Abduvohid G‘ulomov, 9. Levan Arveladze, 10. Ilhomjon Abdig‘aniyev (7. Boburbek Farhodov, 85), 17. Farhodjon Sohibjonov, 19. Suhrob Berdiyev (8. Farhodbek Bekmuratov, 77), 21. Ildar Mamatkazin, 28. Islombek Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov, 94. Armin Boshnyak (11. Sardor Abdunabiev, 68), 99. Rubin Hebay.
“Olimpik”: 13. Hamidullo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Ibrohim Ibragimov (9. Shahzod Akramov, 60), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (10. Farruh Muxtorov, 88), 17. Temur Mamasidiqov (16. Rian Islomov, 71), 21. Saidafzalxon Ahrorov, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 30. Jasurbek Jaloliddinov (8. Nodir Abdixoliqov, 88), 37. Alisher Odilov (77. Sherzod Esanov, 71) 44. Asadbek Rahimjonov.
Ogohlantirishlar: Abdurauf Bo‘riyev (5), Jasur Jaloliddinov (57), Ildar Mamatkazin (76), Sardor Abdunabiev (77), Igor Litovka (90).
Izoh (0)