UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi murabbiyiga beriladigan sovringa nomzodlar uchligi e’lon qilindi.
2022/23-yilgi Chempionlar Ligasi finalchilari Pep Gvardiola (“Manchester Siti”) va Simone Inzagi (“Inter”) hamda “Napoli”ni Italiya chempionligi sari yetaklagan Luchano Spalletti nomzodlar uchligidan o‘rin olgan.
Yakuniy uchlik o‘tgan mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etgan klublar murabbiylari, UEFAga a’zo mamlakatlar terma jamoalari murabbiylari va bir guruh saralangan jurnalistlar tomonidan tanlab olingan.
G‘olib nomi 31-avgust kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida e’lon qilinadi.
Izoh (0)