O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Jahongir Turkiyaning “Eyupspor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. “Bunyodkor” himoyachisi jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, “Eyupspor” jamoasi Turkiya birinchi ligasi vakili hisoblanadi. “Atletiko” va “Barselona” sobiq futbolchisi Arda Turan “Eyupspor” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
Izoh (0)