Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi “PSJ” hujumchisi Markinyosga qiziqish bildirmoqda.

Jidda klubi qanot hujumi va himoya markazini kuchaytirishni istamoqda.
Shu sababdan jamoa “Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh va parijliklar himoyachisi Markinyosga qiziqish bildirmoqda. “Al-Ittihod” bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning shaxsan o‘zi ushbu transferlarni talab qilgan.
Xabarga ko‘ra, misrlik futbolchi borasidagi muzokaralarda oldinga siljish bor. “Al-Ittihod” Saloh uchun 2 yilga 180 million va’da qilgan.
Braziliyalik futbolchi borasida esa hali rasmiy taklif bilan chiqilmagan.
Ma’lumot uchun, “Al-Ittihod” jamoasi Karim Benzema, Ngolo Kante kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan.
Izoh (2)
Markinyos hujumchi emas himoyachi
Markinyos hujumchi emas himoyachi