Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 19—20-avgust kunlari havo harorati yana 1-2 darajaga ko‘tariladi va kechalari 18-20 daraja, kunduz kunlari 35-37 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 38-39 darajagacha issiq bo‘ladi.
“Bunday harorat avgust oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqin va eng issiq yillarda avgust oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan haroratdan nisbatan pastdir”, — deyiladi xabarda.
20-avgust kuni shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 19—20-avgust kunlari havo kam bulutli, harorat 34-37 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)