Daryo

O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi qanchaligi aytildi 

Aytilishicha, to‘lov badalini 1 yil davomida bo‘lib to‘lash mumkin

1 daqiqa o‘qish253 118 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda safarbarlik chaqiruv rezervining (1 oylik harbiy xizmat) to‘lov badali mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga (6 mln 860 ming so‘m) teng. Bu haqda 18-avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev maʼlum qildi.

Otabek Yo‘ldoshev
Foto: Mudofaa vazirligi

Otabek Yo‘ldoshevning aytishicha, to‘lov badalini 1 yil davomida bo‘lib to‘lash ham mumkin.

“Prezident qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervining to‘lov badali mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobari (6 mln 860 ming so‘m) etib belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuviga ko‘ra, 1 yil mobaynida biryo‘la to‘liq hajmda yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin”, — dedi u.

Maʼlumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 000 so‘m.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar