O‘zbekistonda 23 ta mehribonlik muassasalarining faoliyati tugatildi. Bu haqda AOKAda Milliy gvardiya rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mehribonlik muassasalaridan jami 2 448 nafar tarbiyalanuvchi chiqarilgan. Mehribonlik muassasalarini bitirganlardan 225 nafarining bandligi ta’minlandi.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi 13 ta go‘daklar uylarida 531 nafar bola tarbiyalangan, hozirga qadar 676 nafari oilaga chiqarilgan, 481 nafari qabul qilingan. Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 360 ta psixologik tadbirlar o‘tkazib, unga 2 400 nafardan ziyod bolalar va tutingan ota-onalar jalb etildi.
Shuningdek, fuqarolarga telefon orqali maslahat berish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Izoh (0)