Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Ma’lum qilinishicha, Prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, prezident farmoyishi bilan Sunatulla Bekenov Prezident Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan, Furqat Raximov Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida:
- Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari;
- Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari;
- Prezident Administratsiyasining Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi tugatildi.
Izoh (0)