Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 22,81 so‘mga pastlab, 12 066,19 so‘m bo‘ldi. Yevro 88,87 so‘mga pastlab, 13 120,78 so‘m bo‘ldi. Rubl 5,12 so‘mga oshib, 130,02 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 12 089,00 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Mamlakatda dollar kursi 10-avgustdan buyon 12 ming so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)