• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Olma voqeasi jiyani uchun ertak edi”. Ilm-fan sohasidagi birinchi ritsar va oxirzamon bashoratchisi — Nyutonning munozarali hayot yo‘li

    XVII asr daholari orasida Nyuton qo‘l yetmas yulduz kabi ajralib turadi. Uning ismi barchaga tanish va ilm-fan tarixi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida dahoning hayot yo‘li haqida hikoya qilib, u haqidagi turli uydirmalarga oydinlik kiritadi.

    Isaak Nyuton
    Foto: Wikipedia

    XVII asr daholari orasida Nyuton va Leybnis qo‘l yetmas yulduz kabi ajralib turadi. Ularning ismi barchaga tanish va ilm-fan tarixi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikki shaxs turli mamlakat olimlarining minglab yillar davomidagi izlanishlarini bir nuqtada birlashtirib, matematikaning muhim yo‘nalishi — matematik tahlilni dunyoga keltirgan. Uning paydo bo‘lishi nazariy tadqiqotlar va amaliy masalalarni yechishda juda qo‘l kela boshlaydi. Bu ikki olim bir-biriga dushman emas, balki do‘st bo‘lishi kerak edi.

    Nyuton Londondan 200 kilometr, Kembrijdan esa 75 kilometr uzoqlikdagi Vulstorp qo‘rg‘onida dunyoga keladi. Otasining vafotidan keyin onasi boshqa bir erkakka turmushga chiqib, shaharchadan ko‘chib ketadi, bola esa buvisi bilan qoladi. U bolaligidan turli mexanizm va ixtirolarga qiziqish bildirardi. Jumladan, charxpalakning ishlash prinsipini tushunmagunga qadar uni soatlab kuzatar, keyin esa uning modelini ham yasashga urinib ham ko‘rgan edi.

    Nyuton qishloq maktabida o‘qishga u qadar qiziqish bildirmaydi. Ammo o‘qituvchilar uning iqtidorini payqab qoladi. Biroq u universitetga kirmoqchi bo‘lganda oilasinining moliyaviy ahvoli  yomonlashadi. Shu sababli u ikki yil davomida xo‘jalikda ishlashga majbur bo‘ladi. Keyin yana maktabga qaytib, universitetga tayyorgarlikni boshlaydi.

    Isaak Nyuton 
    Foto: Wikipedia

    Olimning biograflari Nyuton matematika, fizika va astronomiya borasidagi ensiklopedik bilimlarini universitetda mustaqil o‘qish davomida olgan degan xulosaga keladi. Hatto mashhur professor Barrouning ham matematika va optika borasidagi ma’ruzalari elementar ma’lumotlar bilan cheklangan. Olimning yaqin do‘sti bo‘lgan Muavrning aytishicha, Nyutonning ushbu fanlarni chuqur o‘rganishida aniq bir sabab mavjud.

    Bir safar Nyuton yarmarkada astrologiya bo‘yicha kitob sotib oladi va u yerdagi ma’lumotlarni tushunish uchun bilimi yetarli emasligini anglab qoladi. Matematik bilimini oshirish uchun Nyuton Evklid, Dekard va boshqa mashhur matematiklar ishlari bilan tanishishni boshlaydi. 1664-yilda o‘zining mustaqil ilmiy tadqiqotiga kirishadi.

    Rahbariyat uning sa’y-harakatlarini payqab, 1665-yil yanvarda bakalavr darajasini berishga qaror qiladi. U vaqtlarda Londonda tarqalgan o‘lat ko‘plab insonlarni qishloqlarga ko‘chib ketishga majbur qiladi. Nyuton ham 1667-yildan boshlab Vulstorpda yashay boshlaydi.

    Ikki yillik “o‘lat ta’tili” va odamlardan uzoqda yashash olimga diqqatini jamlash hamda ilmiy muammolar ustida bosh qotirish imkoniyatini taqdim etgandi. U hisob-kitobni yaxshi ko‘rar va hamma narsani unutib, mantiqiy labirintdan chiqish yo‘lini ko‘rmaguncha qo‘yilgan vazifalar haqida o‘ylardi. Fermada yashagan yillar davomida olim o‘zining matematika, mexanika, optika sohasidagi o‘lmas kashfiyotlarining asosiy g‘oyalarini, xususan, butun olam tortishish qonuni va shisha teleskopini loyihalash bo‘yicha asosiy g‘oyalarni yaratdi, rivojlantirdi va amalga oshirdi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Isaak Kembrijga o‘z izlanishlari bayon etilgan beshta qo‘lyozmasi bilan qaytadi. Shu yillarda olim xarakterining o‘ziga xos jihatlari paydo bo‘la boshlaydi. U o‘z ishlarini oshkor etishni istamay, yashirishni ma’qul ko‘ra boshlaydi. Olim o‘z merosini zamondoshlaridan ko‘ra kelajak avlod yaxshiroq qadrlaydi deb hisoblagan. Xotirjam fikr yuritishni esa barcha narsadan ustun qo‘ygan. Shu boisdan ham olimning ko‘plab kashfiyotlari yillar davomida stoli yoki seyfida yashirin qolib ketgan. Asosiy matematik kashfiyotlar 1666-yilning kuzida tizimli ravishda bayon etilgan. Ammo “Egri chiziqlar kvadraturasi bo‘yicha mulohaza” qo‘lyozmasi 1704-yildagina dunyo yuzini ko‘rdi.

    1691-yilda Nyuton qattiq og‘rib qoladi — bu butun ilm-fan uchun katta fojia edi. Londonda hatto Nyuton vafot etgani haqida gap-so‘zlar tarqay boshlaydi. 1696-yilda shveysariyalik taniqli matematik Iogann Bernulli yevropalik matematiklarga egri chiziq masalasini yechish bo‘yicha maktublar yo‘llaydi. Muallif masalani yechishga olti oy muddat beradi. Nyuton 1697-yil 21-yanvarda topshiriqni qo‘liga oladi va ertasi kuni Parij akademiyasiga uning yechimini yuboradi. Javobni olgan Bernulli masalani kim yechgani haqida imzo bo‘lmasa-da, “sherni tirnoqlaridan” taniganini aytgan.

    Shundan keyin Nyuton ilm-fan uchun deyarli hech qanday ish qilmagan. Buning ustiga uning boshqa yumushlari va teologiyaga bo‘lgan qiziqishi ko‘p vaqtini olib qo‘yardi.

    Olim umrining oxirgi yillarida o‘t pufagida paydo bo‘lgan toshdan aziyat chekadi va 1727-yilda vafot etadi. U Vestminster abbatligiga dafn etilgan.

    Nyutonning hovlisidagi olma daraxti
    Foto: Wikipedia

    Biograflarning sharofati bilan bugungi kunda ko‘pchilik Nyutonning nafaqat fizika, astronomiya, mexanika, matematika sohasidagi ilmiy kashfiyotlari, balki shaxsiy hayotidan ham boxabar.

    100 yil davomida muzey eksponati bo‘lgan olma daraxti

    Nyuton o‘zining mashhur butun olam tortishish qonunini boshiga olma tushganidan keyin kashf etgani haqida ko‘pchilik eshitgan. Ammo aslida ham shunday bo‘lganmidi? Birgina olma fizika sohasida tub burilish yasab yuborishi mumkinmi? Ko‘plab olimlarning fikricha, bu shunchaki uydirma.

    Nyutonning do‘sti va biografi bo‘lgan Uilyam Staklining xotiralariga ko‘ra, olimning uyidagi bog‘da joylashgan olma daraxti 100 yildan ortiq vaqt davomida muzey eksponati bo‘lgan va odamlar unga ekskursiyaga kelgan. Xo‘sh, unda kimga ishonish kerak?

    Nyuton va uning mashhur olma daraxti
    Foto: Wikimedia Commons

    Stakli 1726-yilda Nyuton bilan olma daraxti ostida birga choy ichganini eslaydi. O‘shanda Nyuton xuddi shu kabi vaziyatda tortishish qonunini kashf etganini yodga olgan. Voqea 1666-yilda, Kembrij universiteti o‘lat epidemiyasi sabab yopilib, Nyuton Linkolnshir grafligidagi uyiga ko‘chib kelganida sodir bo‘ladi.

    “Olma daraxti ostida o‘tirganicha, xayol surardi. Shunda bitta olma yerga tushadi. Nyuton o‘ylay boshlaydi: nega trayektoriya bunaqa — yer markaziga yo‘nalgan? Tabiiyki u jismlarni o‘ziga tortadi. Demak, tortishish kuchi mavjud”, — deya eslaydi biograf.

    Tarixchi Richard Uastlof esa bunga shubha bilan qaraydi: 1726-yili 83 yoshli Nyuton 60 yil oldingi voqeani aniq-tiniq eslagan bo‘lishi dargumon. Boz ustiga u o‘z qaydlarida mutlaqo boshqa voqeani keltiradi.

    Nyuton olma tushishi bilan bog‘liq ertakni sevimli jiyani Katerina Konduitga yaxshilab tushuntirib berish uchun o‘ylab topgan. Katerina uning yagona qarindoshi edi, shu boisdan fizik unga o‘zgacha mehr ko‘rsatar, hatto onasining o‘limidan keyin uni tarbiyalash uchun uyiga ham olib kelgandi.  

    Mushuk va yelvizakka oid afsonalar

    Bu borada boshqa afsonalar ham bor. Emishki, Nyuton ikkita mushugi emin-erkin kirib chiqishi uchun eshigiga ikkita teshik ochtiradi. Sevimli iti esa moychiroqni tushirib yuborishi oqibatida yong‘in kelib chiqadi va olimning qo‘lyozmalari yonib ketadi. Aslida, Nyuton hech qanaqa uy hayvonlarini boqmagan.

    Isaak Nyuton ikki marotaba Kembrij universitetidan parlamentga saylangan. Latifalarga ko‘ra, u faqat bir marotaba chiqish qiladi. Hamma olim qandaydir aqlli gap aytadi deya uning og‘ziga mahliyo bo‘ladi. Nyuton bo‘lsa shamollashdan qo‘rqqani bois, shunchaki derazani yopib qo‘yishni so‘raydi. Bu ham yolg‘on! Olim vijdonli parlamentariy edi va barcha yig‘ilishlarga borardi. Deraza bilan bog‘liq voqeani esa unga hasad qiluvchilar o‘ylab topgani aytiladi.

    Soxta pul yasovchilar ustidan g‘alaba

    Nyuton o‘nlab yillar davomida Zarbxona qo‘riqchisi bo‘lgan, o‘zini ijobiy boshqaruvchi sifatida namoyon etgan. Bu vaqtda Angliyada jiddiy muammo boshlangandi: kumush tangalar muomaladan yo‘qolib qolardi, ularni zarb etib yetkazib bo‘lmasdi. Barchasi tangalar qiymati ularning og‘irligiga bog‘liqligi sabab kelib chiqqan, firibgarlar esa tangalar chetini qirqishni o‘rganib olgandi. Natijada ko‘plab soxta pul yasovchilar paydo bo‘ladi, kumush tangalar chetga chiqib ketadi.

    Foto: Wikipedia

    Nyuton barcha tangalar chetiga kertiklar tushirishni o‘ylab topadi va bu ish beradi. Kertiklar qo‘l bilan ushlaganda bemalol sezilar va ko‘zga tashlanar edi. Soxta pul yasovchilar “islohotchi” haqida mish-mishlar tarqatib, uni yomonotliq qilishga kirishadi. Nyuton esa o‘z prinsiplariga sodiq qolib, tergovda shaxsan ishtirok etadi va natijada 100 dan ortiq chaqimchi aniqlanib, jazolanadi. Ularning bir necha rahbarlari qatl etiladi.

    Pyotr I ni islohotlarga o‘rgatgan

    Zarbxonaga 1698-yilda Pyotr I tashrif buyuradi. U mazkur muassasada uch marotaba bo‘lgan, ammo Isaak Nyuton bilan uchrashuvlariga oid tafsilotlar saqlanib qolmagan. Shunisi ma’lumki, oradan ko‘p o‘tmay Rossiyada ham xuddi Angliyadagi kabi pul islohoti o‘tkaziladi.

    2060-yilda oxirzamon yuz beradi

    Nyuton alkimyo, okkultizm (xurofot), teologiya (ilohiyot) bilan ham shug‘ullanganini ko‘pchilik bilmaydi. O‘zining mashhur qonunlaridan tashqari u Injilni ham tahlil qilgan. 4,5 ming varaqli manuskript Quddusdagi Yahudiylar milliy kutubxonasida saqlanadi. Unda olim o‘ziga xos “Nyutonning oxirgi qonuni” haqida yozadi: oxirzamon bashorati. Olim muddatni “Qadimgi Ahd”ni o‘rganish orqali matematik hisoblaydi. Uning bashorati — 2060-yil.

    Uzoq umr ko‘rgan

    Nyuton kichik, biroq muvaffaqiyatli fermer oilasida dunyoga kelgan. Otasi o‘g‘lining tug‘ilganini ko‘rmay vafot etgandi. Bola erta dunyoga kelgani bois nimjon bo‘lib ulg‘ayadi, uni hatto cho‘qintirishni ham istashmaydi: bunga bardosh bera olmaydi deb hisoblashgan. Ammo otasining sharafiga Isaak nomini olgan bolakay nafaqat omon qoladi, balki XVII asrda eng uzoq yashagan shaxslardan biriga aylanadi: 84 yosh. Deyarli kasal bo‘lmaydi, keksalik davriga qadar qalin sochlari va deyarli barcha tishlarini saqlab qolgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    U bolaligida juda yomon o‘qiydi va keyinchalik eng yaxshiga aylanadi. Bunga sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani sabab bo‘lgan edi. Nyuton boshqalardan jismoniy jihatdan o‘zib ketolmasa-da, aqlli bo‘lishga qaror qiladi.

    Tez-tez parishonxayol bo‘lib qolardi. Bir safar Nyuton uyiga mehmon chaqirib, vino olib chiqish uchun yerto‘laga tushadi. Bu yerda qandaydir ilmiy g‘oya miyasiga kelib qoladi va mehmonlarni unutib, xonasida uzoq vaqt o‘ylanib o‘tiradi.

    Ilm-fan yo‘lidagi birinchi ritsar

    Qirolicha Anna 62 yoshli olimga ritsarlik unvonini beradi. Ser Nyuton ilmiy yutuqlari uchun oliy darajadagi mazkur unvonni olgan birinchi ingliz hisoblanadi. Shundan so‘ng, u o‘z gerbi va shajarasiga ega bo‘ladi. Nyuton doim o‘z nasl-nasabi XV asrdagi shotland dvoryanlariga borib taqaladi deb hisoblagan. Tarixchilar esa olimning ajdodlarini o‘rganib, aslida ular qashshoq dehqon bo‘lganini aniqlagan.

    03.08.2023, 10:05   Izoh (0)   17003
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Gilyotinaga qadam”. Yengil-yelpi hayot tarzi, farzandsizlik dog‘i va o‘zi aytmagan ibora bilan tanilgan Fransiya qirolichasi — Mariya-Antuanetta taqdiri

    31.05.2023, 09:52

    “Uni biror ayol bilan yolg‘iz qoldirib bo‘lmasdi”. AQSH prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi, “yolg‘iz qotil” atrofidagi farazlar va beva Jaklinning keyingi tur...

    03.07.2023, 09:33

    Baxtdan boshqa barcha narsasi bo‘lgan aktrisa — Merilin Monro: ism va sochning o‘zgarishi, prezident bilan munosabat va sirli o‘lim sabablari

    23.07.2023, 09:40

    “Britaniya tarixidagi eng yaxshi razvedkachi”. Arab dunyosini parchalagan “Arabistonlik Lourens” aslida kim edi?

    27.07.2023, 09:47

    Kanada bosh vaziri Tryudo 18 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashdi

    03.08.2023, 09:04

    Xitoyda bolalarning telefondan foydalanishi cheklanishi mumkin

    02.08.2023, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘istondagi to‘yda chigirtkalar yopirilgani rad etildi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 11:43

    Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi nega kechikayotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 11:20

    Toyota o‘zining yanada kuchli Land Cruiser avtomobilini taqdim etdi

    Avto | 18 iyun, 11:12

    Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyi yopildi

    Dunyo | 18 iyun, 11:05

    Isroildagi o‘zbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkinligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 10:48

    Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

    Sport | 18 iyun, 10:32

    Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

    Dunyo | 18 iyun, 10:30

    Isroil o‘z fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

    Dunyo | 18 iyun, 10:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.