Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 999,9 probali sof oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Sultonobod” MFY hududida fuqaro B.ga og‘irligi 474,75 gramm bo‘lgan 1 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni 287,3 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi 999,9 probali sof oltin ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)