Samarqandda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarni noqonuniy qazib olish holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Paxtachi tumanida yashovchi D.J. (1995-yilda tug‘ilgan), N.T. (1969-yilda tug‘ilgan) va E.V. (1980-yilda tug‘ilgan) yashash xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan 3100 kilogramm ruda qumlari, 2 ta pech hamda 3 ta tegirmonlar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)