Toshkent shahar Yunusobod tumanida 31 yoshli erkak qo‘lida guldasta bilan yalang‘och holda ko‘cha aylangani aks etgan video tarqaldi. IIBB holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Unga ko‘ra, 4-avgust kuni Yunusobod tumani, 11-mavze hududida, 1992-yilda tug‘ilgan T.A., qo‘lida guldasta bilan yalang‘och holda jamoat joyida harakatlanib, bu xatti-harakati bilan fuqarolar norozichiligini keltirib chiqargan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro T.A. Toshkent shahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijasida T.A.ning ruhiyatida buzilish aniqlanganligi sababli, fuqaro shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)