Afg‘onistonda 5-avgust kuni soat 21:01 da zilzila sodir bo‘ldi. Seysmoprognostik monitoring respublika markazi zilzilaning O‘zbekiston hududidagi sezilish kuchi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, zilzila magnitudasi 5,8 ga teng. Chuqurligi esa 100 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 539 kilometr shimoliy-g‘arbda joylashgan.
Yer qimirlashining O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxandaryo viloyatida 4 ball, 320 km;
- Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 432 km;
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 470 km;
- Jizzax viloyatida 3-4 ball, 472 km;
- Samarqand viloyatida 3-4 ball, 478 km;
- Andijon viloyatida 3-4 ball, 488 km;
- Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 507 km;
- Toshkent shahrida 3 ball, 539 km.
Izoh (0)