Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 2022-yilda Toshkent viloyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish hajmi 135 foizga o‘sib, 480 million dollarni tashkil qilgani taʼkidlandi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich 8 ta tuman va shaharda 2021-yildagi hajmga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, o‘tgan olti oyda investitsiya dasturlari doirasida 240 million dollarlik 322 ta loyiha ishga tushirilib, 8 mingta ish o‘rni yaratildi.
Lekin ayrim tuman va shahar hokimlari faqat kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish bilan cheklanib qolmoqda. Misol uchun, O‘rta Chirchiq, Chinoz, Qibray, Toshkent, Yangiyo‘l tumanlari va Nurafshon shahrida birorta ham yirik loyiha yo‘q.
Davlat rahbari har bir tuman va shahar hokimiga yil yakuni bilan kamida 100 million dollardan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Izoh (0)