• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yangi o‘quv mavsumi boshlanish arafasida. Xo‘sh, Toshkent shahri viloyatlik talabalarni turarjoy bilan ta’minlashga tayyormi?

    O‘zbekistonda tez orada oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlari boshlanadi, sentabr oyidan Toshkent shahri yana 100 minglab talabalar bilan to‘ladi. Tabiiyki, ularni yotoqxonalar bilan ta’minlash masalasi yana kun tartibiga ko‘tarilmoqda. Avvalgi yillarda bu yo‘nalishdagi ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani sababli xaos yuzaga kelib, ko‘plab o‘quvchilar boshpanasiz qolishiga to‘g‘ri kelgandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bundan to‘g‘ri xulosa chiqardimi? Umuman, Toshkent shahri viloyatlik talabalarni qabul qilib olishga qanchalik tayyor? Vazirlik matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova “Daryo”ga shu haqda ma’lumot beradi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ayni paytda qancha turarjoyga ehtiyoj bor?

    Toshkent shahrida talabalar sonining yildan yilga ortib borishi fonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilda bu muammoni hal etish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, yangi yotoqxonalarni qurish, ta’mirlash uchun zarur mablag‘lar ajratilgan va bugungi kunda 38 ming o‘rinli 83 ta talabalar turarjoylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida 23 ming 494 o‘rinli 50 ta, oliygoh va budjet mablag‘lari, oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari hamda investitsiya dasturi doirasida 10 ming 660 o‘rinli 21 ta talabalar turarjoylari qurilishi uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. 2023-yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha 18 ming o‘rinli talabalar turarjoylarini foydalanishga topshirish vazifasi belgilangan.

    Hozir necha o‘rinli yotoqxonalar mavjud?

    2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 4 ming 702 o‘rinli 12 ta talabalar turarjoylari foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda 24 ming 394 o‘rinli 51 ta talabalar turarjoylari qurilishi davom etmoqda. Joriy yilning sentabr oyi, ya’ni yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar respublika bo‘yicha jami 6 ming 400 o‘rinli 11 ta talabalar turarjoylari foydalanishga topshiriladi.

    Jumladan, Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasi hududida jami 3 ta 1 800 o‘rinli talabalar turarjoylarida qurilish, ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshiriladi:

    • O‘zbekiston milliy universiteti uchun 400 o‘rinli;
    • Toshkent davlat texnika universiteti uchun 600 o‘rinli;
    • Toshkent tibbiyot akademiyasi uchun 800 o‘rinli.

    Yil yakuniga qadar davlat dasturida belgilangan 18 ming o‘rinli talabalar turarjoylari ham to‘liq qurib bitkaziladi.

    Talabalar turarjoylari qanday taqsimlanadi?

    Har yili sentabr oyining birinchi o‘n kunligida talabalar turarjoylarini tarqatish, taqsimlash jarayonida navbatlar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu yil ushbu holatning oldini olish maqsadida belgilangan tartib va mezonlarga muvofiq yuqori kurs talabalariga yotoqxonalar oldindan taqsimlandi. Bunda 1-bosqich talabalariga TTJdagi o‘rinlarning 60 foizi saqlab qolinadi.

    Shu tartibda barcha kurslar bilan qo‘shib hisoblaganda Toshkent shahrida 42 ming 300 nafar yoki 27 foiz talabalar mavjud 100 ta talabalar turarjoylariga joylashtiriladi.

    Talabalarning ijara uylarda turish tartibi qanday bo‘ladi?

    Hozirgi kunda 48 ming 976 nafar talabalar (30 foiz) turarjoyga muhtoj bo‘lib, ular ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashashiga to‘g‘ri keladi. Tyutorlar nazoratida 23 ming 774 nafar talabalar (2, 3, 4-kurslar) Toshkent shahrida ijara xonadonga joylashgan. Ya’ni ularning aksariyati avvaldan yashab kelayotgan ijara uylarini saqlab qolishgan yoki oldindan ijara uylarini band qilib qo‘yishgan.

    Shu holatda ijara xonadonlariga joylashishga muhtoj bo‘lgan (yotoqxonadan joy berilmagan, o‘z uyi, yaqin qarindoshi mavjud bo‘lmagan va ijara xonadoni ham aniq bo‘lmagan) talabalar 25 ming 202 nafarni tashkil etmoqda. Ana shu tahlillardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarida barcha tyutorlarni to‘liq jalb qilgan holda mahalla raislari bilan hamkorlikda bo‘sh turgan ijara xonadonlarini topish ishlari amalga oshirilgan.

    Uy egalari bilan birma-bir suhbatdan keyin jami 8 ming 438 ta ijara xonadonlarining manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur xonadonlarga 24 ming 254 nafar talabani joylashtirish imkoni mavjud. 

    Ayni paytda qolgan 948 nafar talabaga qo‘shimcha ijara uylarini topish ishlari davom etmoqda. Bo‘sh turgan ijara xonadonlari to‘g‘risidagi manzilli ro‘yxat barcha talabalarga yetkazilmoqda.

    Ijara xonadonlariga joylashgan talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish ishlari amaldagi tartib asosida davom ettiriladi. 

    Shu tartibda yangi o‘quv yilida talabalarni ta’mirlangan va bo‘sh turgan ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari tashkil etiladi va kirish imtihonlari yakunlanishi bilan, ya’ni 20-avgust kuni talabalar qayerda yashashi mumkinligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi ta’minlanadi.

    Joriy yilning 25-avgustiga qadar talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash jarayonini to‘liq yakunlash ko‘zda tutilmoqda va bu borada kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

    Talabalar Toshkent Indeks majmuasidan bu yil ham foydalanadimi?

    2022/2023-o‘quv yilida Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yangihayot tumanidagi “Indeks” savdo majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik yotoq joylarida talabalar uchun zarur shart-sharoitlar mavjud emasligi sababli joriy o‘quv yilida bu variantdan foydalanish ko‘zda tutilmagan.

    Yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri ishga tushadimi?

    Shuningdek, talabalarni turarjoyga onlayn joylashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ham ishlab chiqilmoqda. Mazkur axborot tizimida oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri shakllantirilib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan har bir talabalar turarjoyining manzili va quvvati, talabalar turarjoyida kurslar hamda fakultetlarga ajratilgan o‘rinlar soni muntazam kiritib boriladi.

    27.07.2023, 08:15   Izoh (0)   7705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tugmali svetoforlar, ko‘proq radarlar va yangilanayotgan yo‘l chizmalari: Toshkentda 2023-yilning ilk yarmida YTH sabab halok bo‘lganlar soni 20 foizga kamaygan

    27.07.2023, 08:10

    “Ichki turizm va migratsiya”. Toshkent viloyati IIBB nega hududda jinoyatchilik darajasi yuqori ekanini tushuntirdi

    27.07.2023, 08:05

    Nukus shahriga yangi hokim tayinlandi 

    27.07.2023, 08:00

    Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari sammiti o‘tkaziladi

    27.07.2023, 07:04

    Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezildi 

    27.07.2023, 06:00

    Toshkentdagi mahallalarning birida uy yonib ketdi (video)

    26.07.2023, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.