Abatbay Daniyarov Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abatbay Daniyarov shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
26-iyul kuni tashkiliy masala ko‘rilgan xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etgan.
Abatbay Daniyarov 1987-yilda Nukusda tug‘ilgan, 2008-yilda Nukus davlat pedagogika institutini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
2020-yil noyabr oyidan buyon Nukus shahar hokimligini Utemurat Panayev boshqarib kelayotgan edi.
Bundan oldin Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani, Urganch shahri hokimi lavozimida ishlagan Shuhrat Abdullayev 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)