Qozog‘istonda 27-iyul kuni soat 04:52 da zilzila sodir bo‘ldi. Seysmoprognostik monitoring respublika markazi zilzilaning O‘zbekiston hududidagi sezilish kuchi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, zilzila magnitudasi 4 ga teng. Chuqurligi esa 10 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 27 kilometr shimoliy-g‘arbda joylashgan.
Yer qimirlashining O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Zangiota tumanida 2-3 ball, 21 km;
- Toshkent tumanida 2-3 ball, 21 km;
- Olmazor tumanida 2-3 ball, 22 km;
- Uchtepa tumanida 2-3 ball, 22 km;
- Shayxontoxur tumanida 2-3 ball, 25 km;
- Chilonzor tumanida 2-3 ball, 25 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 27 km;
- Yakkasaroy tumanida 2 ball, 28 km;
- Mirobod tumanida 2 ball, 29 km;
- Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 ball, 31 km;
- Sergeli tumanida 2 ball, 31 km;
- Yangi Hayot tumanida 2 ball, 34 km;
- Yashnabod tumanida 2 ball, 34 km;
- Yangiyo‘l tumanida 2 ball, 34 km.
Izoh (0)