Fransiyaning “Lans” jamoasi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Abduqodir Fransuz klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. O‘zbekistonlik futbolchi yangi jamoasida 25-raqam ostida harakat qiladi.
Shu tariqa Husanov Fransiya chempionatida to‘p suradigan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Ma’lumot uchun “Lans” 2022/23-yilgi mavsum Liga 1 da ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va yangi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun Husanov 2022-yildan 2023-yil yoziga qadar “Energetik-BGU” jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Izoh (0)