O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov 22-iyul kuni Londonda o‘tkazilgan UFC musobaqasida ishtirok etdi.
Murodov mazkur MMA oqshomida AQSH vakili Brayan Barberenani ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi va UFC’dagi to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi.
Mahmud ushbu bellashuvda 14 marta muvaffaqiyatli teykdaun amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich o‘rta vazn divizionidagi bitta jang uchun rekord hisoblanadi.
Bitta jangdagi teykdaunlar soni bo‘yicha Murodov Demetrius Jonson va Kyortis Bleydsga yetib oldi. Qayd etish kerak, bu ikki jangchi 14 ta teykdaunni 5 raundlik jangda amalga oshirgan. O‘zbekistonlik sportchidan bu borada faqat Shon Sherk (16) va Habib Nurmagomedov (21) oldinda.
Izoh (0)