• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitida qator takliflarni ilgari surdi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisi Shayx Muhammad bin Salmon al-Saud raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy, Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum, Kuvayt amiri o‘rinbosari, Valiahdi shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Ummon bosh vaziri o‘rinbosari Asad bin Toriq al-Said, Bahrayn podshohining maxsus vakili Shayx Nosir bin Hamad al-Xalifa hamda Kengash bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy ham qatnashdi.

    Kun tartibiga muvofiq, konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.

    O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqasi xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi uzoq ekanini, yaqin savdo aloqalari, mushtarak qadriyat va anʼanalar, muqaddas islom dini ularning asosini tashkil etishini alohida taʼkidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Movarounnahr va Arabiston diyorlari o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni rivojlantirishda buyuk mutafakkir va alloma bobolarning beqiyos xizmatlari borligi qayd etildi. “Barcha muhaddislarning peshvosi” — ulug‘ alloma Imom Buxoriy ana shunday siymolardan biridir.

    Musulmon dunyosidagi oltita buyuk muhaddisning ikki nafari mintaqamizda tug‘ilib kamol topgani, qadimiy Buxoro esa Qubbatul Islom nomi bilan shuhrat qozonganidan g‘ururlanamiz. Maʼlumki, to‘qqizinchi asr boshida Abbosiylar davlatining poytaxtidagi Donishmandlar uyi akademiyasida markaziy osiyolik 200 dan ortiq allomalar ilmiy faoliyat olib borganlar. Muso Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino kabi ulug‘ allomalarimiz esa bebaho ilmiy asarlarini aynan go‘zal va mukammal arab tilida yaratib, butun dunyoda shon-shuhrat qozonganlar, — dedi O‘zbekiston rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev bugungi xavf-xatarlarga qaramay, ikkala mintaqa ham tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot makoni bo‘lib kelayotganini taʼkidladi. Ayni paytda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari bir-birlariga ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida qaramoqda.

    Keyingi yillarda O‘zbekistonning Ko‘rfaz mamlakatlari bilan aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu ijobiy tajribadan kelib chiqib, mintaqalarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni bir qator yo‘nalishlarda kengaytirish taklif etildi.

    Siyosiy sohada. O‘zbekiston rahbari keng qamrovli hamkorlikni turli formatlarda rivojlantirish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi.

    Birodar davlatlar va xalqlarni yanada yaqinlashtirish maqsadida kelgusida ko‘p tomonlama Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish masalasini o‘rganish taklif etildi.

    Ikkinchi yo‘nalish – yuqori texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi hamkorlik. Davlat rahbari innovatsiyalar, “sunʼiy” intellekt, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, “aqlli qishloq xo‘jaligi”, nano- va biotexnologiya sohalaridagi hamkorlik platformalari va ishchi mexanizmlarini yaratish zarurligini qayd etdi. Biznes vakillari ishtirokida Qo‘shma investorlar kengashini taʼsis etish va uning dastlabki yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.

    “Mintaqamizda Ko‘rfazdagi hamkorlar tomonidan tashkil etilgan investitsiya fondlarining salohiyatidan samarali foydalanish va yetakchi banklar faoliyatini kengaytirishdan manfaatdormiz. Shuningdek, “yashil” energetika loyihalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida alohida ‘yo‘l xaritasi’ni qabul qilish muhim, deb hisoblayman”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Uchinchi yo‘nalish savdo va transport bog‘liqligini kuchaytirishdan iborat. Davlat rahbari Ko‘rfaz davlatlari bilan erkin savdo rejimini joriy etish, texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shu munosabat bilan ko‘p tomonlama Savdo bitimini ishlab chiqish va qabul qilish masalasini ishlab chiqish taklif etildi.

    Transport va tranzit sohasida O‘rta transport koridorida eng maqbul tariflarni qo‘llash, Afg‘oniston orqali mavjud multimodal yo‘laklardan keng foydalanish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni maqsadli subsidiyalash yordamida ko‘paytirish taklifi bildirildi.

    Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni Ko‘rfaz davlatlarini eng yaqin va qulay yo‘l orqali mintaqamiz bilan bog‘laydigan Transafg‘on temiryo‘lini qurish strategik loyihasida faol ishtirok etishga chaqirdi.

    Navbatdagi muhim yo‘nalish – ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalari. O‘zbekistonda ochilayotgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti negizida birgalikda xalqaro tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

    Ishtirokchilarning eʼtibori beshinchi yo‘nalish – turizm sohasiga qaratildi. “Ko‘rfaz – Markaziy Osiyo” yagona vizasiz sayyohlik makonini va turistlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy klasterlarni yaratish, qo‘shma turistik mahsulotlarni ko‘paytirish hamda 2024-yilda Islom dunyosi turizm poytaxti, deb eʼlon qilingan Xiva shahrida mintaqalar yetakchi sayyohlik operatorlari forumini o‘tkazish taklif qilindi.

    Islom hamkorlik tashkiloti doirasida dunyoda kuzatilayotgan islomofobiya holatlariga qarshi birgalikda kurashish masalasiga alohida to‘xtalindi.

    Bundan tashqari, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash sohasida, shuningdek, bunday tahdidlarning internet va vositalar orqali tarqalishidan yoshlarni himoya qilish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.

    O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

    “Bizning mintaqalarimiz tashabbuskor bo‘lib, katta-katta minbarlardan Afg‘oniston muammolariga butun dunyo eʼtiborini jalb etishimiz, afg‘on xalqining hayotini yengil qilishga munosib hissa qo‘shishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.

    So‘zining yakunida prezident bugungi tarixiy sammit natijalari albatta Ko‘rfaz va Markaziy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilish yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.  

    Sammit ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvni Samarqand shahrida o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining birinchi sammiti doirasida Saudiya Arabistoni podshohligi valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon al-Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Valiahd davlat rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga mamlakat fuqarolari haj va umra amallarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

    Muzokaralarda O‘zbekiston—Saudiya munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    O‘tgan yilning avgust oyida o‘tgan ikki tomonlama sammit davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi. Uchrashuvda xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

    20.07.2023, 08:11   Izoh (0)   8377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev bu yil ham umra amallarini bajardi (foto)

    20.07.2023, 08:00

    Toshkentda o‘z ishiga qayta tiklana olmagan hokim yordamchisi bankni sudga berdi

    20.07.2023, 01:48

    Do‘rmon ijod uyi buzib tashlanayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    20.07.2023, 01:33

    Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida samarqandlik qori g‘olib bo‘lgani rad etildi

    19.07.2023, 23:34

    Eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan viloyatlar beshtaligi maʼlum bo‘ldi

    19.07.2023, 21:16

    Toshkent va Andijonda gaz, elektr hamda suv taʼminoti xodimlarining firibgarlik holatlari fosh etildi

    19.07.2023, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” o‘z futbolchisini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 09:50

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Isroil mudofaa vaziri Xomanaiyni “zamonaviy Gitler” deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 09:49

    Tailand bosh vazirining Kamboja sobiq rahbari bilan telefon suhbati internetga tarqab ketdi

    Dunyo | 20 iyun, 09:40

    O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi — tadqiqot

    O‘zbekiston | 20 iyun, 09:24

    Isroil Eronga qarshi urushda kuniga qancha mablag‘ sarflamoqda?

    Dunyo | 20 iyun, 09:13

    Klublar o‘rtasidagi JCH. Messining jarimadan kiritgan goli “Inter Mayami”ga g‘alaba taqdim etdi, “PSJ” esa kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)

    Sport | 20 iyun, 08:45

    Eron tashqi ishlar vaziriga suiqasdning oldi olindi

    Dunyo | 20 iyun, 08:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.