Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,92 so‘mga pastlab, 11 600,11 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,79 so‘mga tushib, 13 026,92 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,50 so‘mga pastlab, 126,70 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 608,03 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)