Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar ovqatdan zaharlagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Tarmoqdagi xabarlarda “Shamaton” mahallasi hududidagi bog‘chada tarbiyalanuvchilar qatiqdan zaharlangani aytilgan edi. Viloyat SSBning ma’lum qilishicha, xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Oxirgi kunlarda Shahrisabz tumani va Shahrisabz shahri hududidagi tibbiyot muassasalarida bolalarning ovqatdan zaharlanishi bo‘yicha birorta murojaat qayd etilmaganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani, Nukusda 2 yoshli bola o‘simliklar uchun ishlatiladigan doridan zaharlanib vafot etgani xabar qilingandi.
Izoh (0)