Toshkentda isteʼmolga yaroqsiz go‘sht olib kirish holatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Holat Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan aniqlangan. “Erkin” YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan S.T. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi to‘xtatib tekshirilganida, uning yukxonasida 6 bosh tirik va bir bosh taxminan 350 kilogramm og‘irlikdagi ot go‘shti borligi ma’lum bo‘lgan.
Go‘sht mahsuloti Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazilgan va isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan. Shunga ko‘ra, sifatsiz go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Izoh (0)