Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,50 so‘mga ko‘tarilib, 11 589,16 so‘mni tashkil qildi. Yevro 33,77 so‘mga oshib, 13 032,01 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,19 so‘mga ko‘tarilib, 128,39 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun tushib, 11 577,66 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)