Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor M.H. xizmat vaqtida yaralangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibining maʼlum qilishicha, inspektorni yaralagan brakonyerlar qo‘lga tushdi.
Unga ko‘ra, tekshirish davomida ov qilish maqsadida kelgan va ushbu qilmishni sodir etgan shaxslar aniqlandi. Ulardan 2 dona ov qurollari xolislar ishtirokida olib qo‘yildi. Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig‘i olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)