Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor M.H. xizmat vaqtida yaralandi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakonyer tomonidan o‘q uzilishi natijasida qo‘lidan yaralangan. Brakonyer voqea joyidan yashiringan.
Inspektorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonyerlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)