“Manchester Siti” himoyachisi Benjamen Mendining sudi bo‘lib o‘tdi.
“Shaharliklar” himoyachisiga jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 8 ta, zo‘rlashga urinish bo‘yicha bitta ayblov qo‘yilgan. Benjamen barcha ayblovlarni rad etgandi.
Sud jarayonida Mendidan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 7 ta ayblov olib tashlangandi. Navbatdagi sud jarayonida Mendidan qolgan ikki ayblov ham olib tashlandi.
Xabarlarga ko‘ra, sud hukmi o‘qilganidan so‘ng Benjamen ko‘z yoshlarini tiya olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Mendi so‘nggi bor 2021-yil 15-avgust kuni maydonga tushgan edi.
Izoh (0)