“Chelsi” futbolchisi Kristian Pulishich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi.

Italiya klubi 24 yoshli vinger transferini e’lon qildi. Futbolchi “rossoneri” bilan 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham bor.
“Chelsi” amerikalik futbolchi transferidan 20 million yevro va bonuslar oladi.
Pulishich 2022/23-yilgi mavsum APLda 24 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)