Turinning “Yuventus” klubi uch nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
“Byankonerilar” asosiy tarkib futbolchilari Denis Zakariya, Ueston Makkenni va Arturni bosh klubga qo‘yib yuborishga qarshi emas. Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, futbolchilar transferga qo‘yilgan.
Shuningdek, turinliklar Leonardo Bonuchchiga ham yangi mavsumdan boshlab asosiy tarkibdan joy bermoqchi emas. Jamoada qolish yoki qolmaslikni Leoning o‘zi hal qiladi. 2023/24-yilgi mavsumda Danilo jamoaning sardori sifatida harakat qiladi.
Avvalroq, “Yuventus” Yevropa Superligasini tark etayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)