Timur Kapadze boshchiligidagi “Olimpik” jamoasi davralar oralig‘idagi ta’tilda Turkiyaning Isparta shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

“Olimpik” Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vaqtida 3 ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Bu haqida MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
24-iyulga qadar davom etadigan yig‘indagi o‘yinlardan biri Turkiyaning 2019/20-yilgi mavsum chempioni “Istanbul Bashakshehir” klubiga qarshi kechadi.
O‘rtoqlik o‘yinlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
18-iyul
- “Olimpik” — “Isparta 32 Spor”
20-iyul
- “Olimpik” — “Istanbul Bashakshehir”
22-iyul
- “Olimpik” — “Al Mahriya”
Ma’lumot uchun, “Olimpik” O‘zbekiston Superligasi birinchi davradan so‘ng 16 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)