2023-yil 1-iyun holati bo‘yicha O‘zbekiston banklaridagi umumiy omonatlar miqdori 204 trillion so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib “Bankir” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunda aholi tomonidan banklarga qo‘yilgan omonatlar 68,6 trillion so‘m bo‘lib turibdi. Ular orasida yetakchilik “Kapitalbank”da. Mazkur bank aholining 12,7 trillion so‘mlik omonatlarini jalb qilgan. Bu umumiy omonatlarning qariyb beshdan bir qismi. Bunga sabablardan biri bank hozirgi kunda omonat ochish bo‘yicha eng yuqori foiz stavkalaridan birini taklif qilayotganidir — 25 foiz.
Ikkinchi o‘rinni 8,1 trillion so‘m bilan Milliy bank egallagan bo‘lsa, “Agrobank” 4,8 trillion so‘m bilan uchlikni yakunlab bergan.
Eng foydali omonatlar reytingida yetakchi bo‘lganiga qaramasdan TBC Bank nisbatan ancha kamroq 1,9 trillion so‘mlik aholi omonatlarini jalb qilishga erishgan.
Izoh (0)